Tender va tanlovlar

Bosh loyihachi, bosh pudratchi va texnik nazoratni amalga oshiruvchi tashkilotlarni tanlash bo‘yicha tanlov


09.05.2025 17:25

Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahri “Aziztepa” MFY hududidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida hamda Namangan viloyati, Namangan shahri “Yangi Namangan” shaharchasida ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan loyiha bo‘yicha bosh loyihachi, bosh pudratchi va texnik nazoratni amalga oshiruvchi tashkilotlarni tanlab olish uchun tanlov e’lon qilinadi.

Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish ishlarini amalga oshirish va texnik nazoratni olib borishda ishtirok etish istagida bo‘lgan tashkilotlardan tijorat takliflari qabul qilinadi.

Tanlovda eng yuqori reytingga ega va iqtisodiy jihatdan samarali takliflarni taqdim etgan tashkilotlar g‘olib deb topiladi.

Alohida ta’kidlaymizki, qurilish-montaj ishlari loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda boshlanishi nazarda tutilgan. Shu munosabat bilan:

  • Pudratchi tashkilotlar tijorat takliflarini nazorat o‘lchovi natijalariga ko‘ra aniqlanadigan umumiy qiymatdan chegirma shaklida taqdim etishlari lozim;

  • Loyihachi tashkilotlar esa loyihaning dastlabki qiymatiga nisbatan foiz ko‘rinishida takliflarini taqdim etishlari talab etiladi.

Takliflar quyidagi manzilda joriy yilning 15-mayiga qadar qabul qilinadi:

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Sebzor ko‘chasi, 52B uy, “CAPITAL BINO QURILISH” MCHJ ofisi
Telefon: +998 (95) 344-88-99, +998 (99) 030-50-90
Elektron pochta: psb_capital@mail.ru





Другие новости

19.03.2026 16:45:15
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Inson kapitalini rivojlantirish loyihasi bo‘yicha o‘quv kursi xizmatiga tanlov e’lon qiladi

Tijorat takliflarini qabul qilishning tugash sanasi – 27.03.2026 yil soat 18.00 gacha. tel: +998-78 ...

05.03.2026 17:41:46
Asosiy vositalarni utilizatsiya qilish bo‘yicha tanlovda ishtirok etish uchun professional servis kompaniyalariga taklif

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning, ro‘yxatdan chiqarilgan asosiy vositalarni belgilangan tartibda yo‘q qilish yoki ...


Дата последнего обновления: 09.05.2025 17:27  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send