Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahri “Aziztepa” MFY hududidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida hamda Namangan viloyati, Namangan shahri “Yangi Namangan” shaharchasida ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan loyiha bo‘yicha bosh loyihachi, bosh pudratchi va texnik nazoratni amalga oshiruvchi tashkilotlarni tanlab olish uchun tanlov e’lon qilinadi.
Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish ishlarini amalga oshirish va texnik nazoratni olib borishda ishtirok etish istagida bo‘lgan tashkilotlardan tijorat takliflari qabul qilinadi.
Tanlovda eng yuqori reytingga ega va iqtisodiy jihatdan samarali takliflarni taqdim etgan tashkilotlar g‘olib deb topiladi.
Alohida ta’kidlaymizki, qurilish-montaj ishlari loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda boshlanishi nazarda tutilgan. Shu munosabat bilan:
Pudratchi tashkilotlar tijorat takliflarini nazorat o‘lchovi natijalariga ko‘ra aniqlanadigan umumiy qiymatdan chegirma shaklida taqdim etishlari lozim;
Loyihachi tashkilotlar esa loyihaning dastlabki qiymatiga nisbatan foiz ko‘rinishida takliflarini taqdim etishlari talab etiladi.
Takliflar quyidagi manzilda joriy yilning 15-mayiga qadar qabul qilinadi:
Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Sebzor ko‘chasi, 52B uy, “CAPITAL BINO QURILISH” MCHJ ofisi
Telefon: +998 (95) 344-88-99, +998 (99) 030-50-90
Elektron pochta: psb_capital@mail.ru
Tijorat takliflarini qabul qilishning tugash sanasi – 27.03.2026 yil soat 18.00 gacha. tel: +998-78 ...
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin: +99878 777 7 ...
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning, ro‘yxatdan chiqarilgan asosiy vositalarni belgilangan tartibda yo‘q qilish yoki ...

