Tender va tanlovlar

Toshkent shahri, Chilonzor tumanidagi avtoturargoh o‘rnida ko‘p qavatli turar-joy majmuasi barpo etish bo‘yicha


10.07.2025 12:22

Toshkent shahri, Chilonzor tumanidagi avtoturargoh o‘rnida ko‘p qavatli turar-joy majmuasi barpo etish bo‘yicha

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB (Bank) ta’sischiligida “SQB Capital” MChJ (Jamiyat) tashkil etilgan bo‘lib, Jamiyatning yagona ta’sischisi (100% egasi) Bank hisoblanadi.

Jamiyat balansida Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Ts-mavze, Bunyodkor ko‘chasida avtoturargoh mavjud bo‘lib, ushbu avtoturargoh o‘rnida ko‘p qavatli turar-joy majmuasi (Majmua) barpo etish uchun o‘rnatilgan tartibda qurilish ishlari amalga oshirilgan.

Majmua quyidagicha tavsiflanadi:

- Umumiy yer maydoni – 3.066,0 kv.m.;
- Qurilish maydoni – 828,36 kv.m.;
- Umumiy foydalanish maydoni – 6.747,09 kv.m.,
  shundan:
  - Yer osti avtoturargohi – 2.133,52 kv.m.,
  - 1-qavat noturar qismi – 645,15 kv.m.,
  - 2–7 qavatlarning umumiy maydoni – 3.968,42 kv.m.,

- Yashash uchun xonadonlar soni – 48 ta

Majmuadagi qavatlar soni – 7 qavatdan iborat bo‘lib, har bir qavatda 8 ta xonadon mavjud, shundan:

- 12 ta xonadon 1 xonali (53,93 kv.m.);
- 24 ta xonadon 2 xonali (77,23 kv.m.);
- 12 ta xonadon 3 xonali (99,7 kv.m.);
- 1-qavatda 4 ta xonadon noturar (143,4 kv.m);
- Yer osti avtoturargohi – 51 dona.

Majmuaning qurilish-montaj ishlari yakunlangan bo‘lib, ichki pardozlash (bo‘yoq) ishlari Xaridor tomonidan amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 iyuldagi PQ-5197-sonli Qarorining 3-bandidan kelib chiqib, Majmuada joylashgan turar-joylar, ya’ni xonadonlar tijorat asosida o‘rnatilgan tartibda aniqlangan bozor qiymatida elektron onlayn-auksion (e-auksion.uz) orqali ommaviy savdolarga chiqarilgan. Xonadonlarning 1 kv.m maydoni qiymati 15,7 mln. so‘mni tashkil etadi.

Auksion shartlari:

- Ishtirok etuvchilar: kamida 2 ta talabgor ishtirok etishi lozim;
- Zakalat miqdori: Xonadon narxining 5%;
- Savdo kunlari: e-auksion.uz sayti orqali savdo sanalarini ko‘rib olishingiz mumkin;
- Shartnoma tuzish muddati: Savdo o‘tkazilgan kundan so‘ng 10 kun muddat ichida Xaridor va Sotuvchi o‘rtasida Ulush kiritish (Investitsiya) shartnomasi tuziladi hamda 1 oy muddat ichida Xaridor xonadon qiymatini to‘liq amalga oshiradi. Bunda xaridor ipoteka kredit imkoniyatidan foydalanishi mumkin.

Xonadonlarning Xaridorga topshirish muddati – 2025 yil 31 oktyabr.

Qo‘shimcha shartlar: e-auksion.uz orqali rasmiylashtirilgan Bayonnomaga asosan Xaridorlar va Sotuvchi o‘rtasida Ulush kiritish shartnomasi tuziladi va unga asosan Tijorat banklari tomonidan Xaridorga ipoteka kredit ajratiladi.

Fotosulatlari ilova qiinadi



Другие новости

19.03.2026 16:45:15
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Inson kapitalini rivojlantirish loyihasi bo‘yicha o‘quv kursi xizmatiga tanlov e’lon qiladi

Tijorat takliflarini qabul qilishning tugash sanasi – 27.03.2026 yil soat 18.00 gacha. tel: +998-78 ...

05.03.2026 17:41:46
Asosiy vositalarni utilizatsiya qilish bo‘yicha tanlovda ishtirok etish uchun professional servis kompaniyalariga taklif

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning, ro‘yxatdan chiqarilgan asosiy vositalarni belgilangan tartibda yo‘q qilish yoki ...


Дата последнего обновления: 18.07.2025 09:34  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send