
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB (Bank) ta’sischiligida “SQB Capital” MChJ (Jamiyat) tashkil etilgan bo‘lib, Jamiyatning yagona ta’sischisi (100% egasi) Bank hisoblanadi.
Jamiyat balansida Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Ts-mavze, Bunyodkor ko‘chasida avtoturargoh mavjud bo‘lib, ushbu avtoturargoh o‘rnida ko‘p qavatli turar-joy majmuasi (Majmua) barpo etish uchun o‘rnatilgan tartibda qurilish ishlari amalga oshirilgan.
Majmua quyidagicha tavsiflanadi:
- Umumiy yer maydoni – 3.066,0 kv.m.;
- Qurilish maydoni – 828,36 kv.m.;
- Umumiy foydalanish maydoni – 6.747,09 kv.m.,
shundan:
- Yer osti avtoturargohi – 2.133,52 kv.m.,
- 1-qavat noturar qismi – 645,15 kv.m.,
- 2–7 qavatlarning umumiy maydoni – 3.968,42 kv.m.,
- Yashash uchun xonadonlar soni – 48 ta
Majmuadagi qavatlar soni – 7 qavatdan iborat bo‘lib, har bir qavatda 8 ta xonadon mavjud, shundan:
- 12 ta xonadon 1 xonali (53,93 kv.m.);
- 24 ta xonadon 2 xonali (77,23 kv.m.);
- 12 ta xonadon 3 xonali (99,7 kv.m.);
- 1-qavatda 4 ta xonadon noturar (143,4 kv.m);
- Yer osti avtoturargohi – 51 dona.
Majmuaning qurilish-montaj ishlari yakunlangan bo‘lib, ichki pardozlash (bo‘yoq) ishlari Xaridor tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 iyuldagi PQ-5197-sonli Qarorining 3-bandidan kelib chiqib, Majmuada joylashgan turar-joylar, ya’ni xonadonlar tijorat asosida o‘rnatilgan tartibda aniqlangan bozor qiymatida elektron onlayn-auksion (e-auksion.uz) orqali ommaviy savdolarga chiqarilgan. Xonadonlarning 1 kv.m maydoni qiymati 15,7 mln. so‘mni tashkil etadi.
Auksion shartlari:
- Ishtirok etuvchilar: kamida 2 ta talabgor ishtirok etishi lozim;
- Zakalat miqdori: Xonadon narxining 5%;
- Savdo kunlari: e-auksion.uz sayti orqali savdo sanalarini ko‘rib olishingiz mumkin;
- Shartnoma tuzish muddati: Savdo o‘tkazilgan kundan so‘ng 10 kun muddat ichida Xaridor va Sotuvchi o‘rtasida Ulush kiritish (Investitsiya) shartnomasi tuziladi hamda 1 oy muddat ichida Xaridor xonadon qiymatini to‘liq amalga oshiradi. Bunda xaridor ipoteka kredit imkoniyatidan foydalanishi mumkin.
Xonadonlarning Xaridorga topshirish muddati – 2025 yil 31 oktyabr.
Qo‘shimcha shartlar: e-auksion.uz orqali rasmiylashtirilgan Bayonnomaga asosan Xaridorlar va Sotuvchi o‘rtasida Ulush kiritish shartnomasi tuziladi va unga asosan Tijorat banklari tomonidan Xaridorga ipoteka kredit ajratiladi.ATB “O‘zsanoatqurilishbank” Kuzatuv kengashi faoliyati samaradorligi hamda uning a’zolari vakolatlari (kompetensi ...
ATB “O‘zsanoatqurilishbank” 2025-yil yakunlari bo‘yicha kredit portfeli sifati tahlilini hamda Bankning moliyaviy ...
ATB “O‘zsanoatqurilishbank” Bankning ichki me’yoriy hujjatlari hamda bilimlar bazasi bilan ishlash uchun mo‘ljall ...

