Bo'sh ish o'rinlari

SQB O’rta biznes markazining mijozlar koordinatori va RM xizmatiga menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.


25.05.2026 10:05

O’rta biznes segmentidagi mijozlar bilan ishlash va bank mahsulotlarini taqdim etish sohasida tajribaga ega mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.

Asosiy vazifalar:
• O’rta biznes segmentiga mansub yangi mijozlarni jalb qilish
• Mijozlar bilan uzoq muddatli munosabatlarni rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash
• Mijozlar ehtiyojlarini tahlil qilish va mos bank mahsulotlarini tanlash
• Kredit, lizing, faktoring va boshqa moliyaviy xizmatlar bo’yicha maslahat berish
• Kredit arizalarini tayyorlash va kuzatib borish
• Mijoz hujjatlari bilan ishlash va bank tizimlariga ma’lumot kiritish
• Bank ichki bo’linmalari bilan hamkorlik qilish
• KPI ko’rsatkichlarini bajarish va bank ichki reglamentlariga rioya qilish

Talablar:
• Oliy ma’lumot
• Bank sohasida kamida 2-3 yillik ish tajribasi
• Muzokara olib borish va mijozlar bilan muloqot ko’nikmasi
• Xorijiy mijozlar bilan ishlash tajribasi
• Mijozlarning moliyaviy holatini tahlil qilish ko’nikmasi
• Bank mahsulotlari va hujjatlar bilan ishlash ko’nikmasi
• Mas’uliyatlilik, diqqatlilik va natijaga yo’naltirilganlik
• O’zbek, rus va xitoy tillarini bilish majburiy

Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.



Другие новости

25.05.2026 17:20:22
SQB Namangan bank xizmatlari ofisiga kichik mijoz menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Mijozlar bilan ishlash va bank mahsulotlarini taqdim etish sohasida o’zingizni sinab ko’rm ...

25.05.2026 17:19:31
SQB Sergeli bank xizmatlari markaziga servis menejer lavozimiga tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Mijozlarga xizmat ko’rsatish va bank operatsiyalari sohasida tajribaga ega mutaxassislarni ...

25.05.2026 10:06:49
SQB O’rta biznes markaziga ofis menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Mijozlarga xizmat ko’rsatish va bank mahsulotlarini taqdim etish sohasida o’zingizni sinab ...


Дата последнего обновления: 25.05.2026 10:06  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send