SQB O’rta biznes markazining mijozlar koordinatori va RM xizmatiga menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.
25.05.2026 10:05
O’rta biznes segmentidagi mijozlar bilan ishlash va bank mahsulotlarini taqdim etish sohasida tajribaga ega mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.
Asosiy vazifalar: • O’rta biznes segmentiga mansub yangi mijozlarni jalb qilish • Mijozlar bilan uzoq muddatli munosabatlarni rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash • Mijozlar ehtiyojlarini tahlil qilish va mos bank mahsulotlarini tanlash • Kredit, lizing, faktoring va boshqa moliyaviy xizmatlar bo’yicha maslahat berish • Kredit arizalarini tayyorlash va kuzatib borish • Mijoz hujjatlari bilan ishlash va bank tizimlariga ma’lumot kiritish • Bank ichki bo’linmalari bilan hamkorlik qilish • KPI ko’rsatkichlarini bajarish va bank ichki reglamentlariga rioya qilish
Talablar: • Oliy ma’lumot • Bank sohasida kamida 2-3 yillik ish tajribasi • Muzokara olib borish va mijozlar bilan muloqot ko’nikmasi • Xorijiy mijozlar bilan ishlash tajribasi • Mijozlarning moliyaviy holatini tahlil qilish ko’nikmasi • Bank mahsulotlari va hujjatlar bilan ishlash ko’nikmasi • Mas’uliyatlilik, diqqatlilik va natijaga yo’naltirilganlik • O’zbek, rus va xitoy tillarini bilish majburiy
Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.