Barcha kreditlar
Har yili 11-noyabr kuni dunyo Xalqaro energiya tejash kunini nishonlaydi. Uning maqsadi energiya resurslaridan oqilona foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilishning muhimligini yodga solishdir. Bu kun energiya tejash faqat xarajatlarni kamaytirish yo‘li emas, balki global iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashning ajralmas qismi ekanligini eslatadi.
O'zsanoatqurilishbank uchun energiya tejash korporativ ijtimoiy javobgarlikning asosiy jihati hisoblanadi. Bankning kundalik faoliyatida energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish va barqaror loyihalarni qo‘llab-quvvatlash nafaqat iqtisodiy samaradorlikni oshirishga, balki kelajak avlodlar uchun tabiiy resurslarni saqlashga ham yordam beradi.
Bank uglerod izini kamaytirishga qaratilgan ekologik toza va energiya tejaydigan tashabbuslarni faol qo‘llab-quvvatlaydi. O'zsanoatqurilishbank o‘zining moliyaviy dasturlari doirasida mijozlarga "yashil" texnologiyalar uchun kreditlar va investitsiyalar taklif etadi, shuningdek, qurilish, sanoat va boshqa sohalarda energiya tejaydigan loyihalarni rivojlantirishga ko‘maklashadi.