Uzprostroybank mahalliy qonunchilik va xalqaro normalarga qat'iy rioya qiladi, korporativ boshqaruv va ishbilarmonlik etikasi bo'yicha eng yaxshi amaliyotlarni joriy etadi. Korrupsiyaga qarshi kurash doirasida bank shaffoflik va hisobdorlik tamoyillariga asoslangan boshqaruv tizimini ishlab chiqdi va samarali ishlatmoqda, bu esa ISO 37001:2016 xalqaro sertifikati bilan tasdiqlangan.

Maxfiylik va xavfsizlik talablariga javob beradigan kiberxavfsizlik va ma'lumotlarni himoya qilish masalalariga alohida e'tibor qaratiladi. Bundan tashqari, bank moliya sohasidagi normativ huquqiy tartibni takomillashtirish jarayonlarida ishtirok etib, barqaror va samarali qonunchilik bazasini yaratishga hissa qo'shadi.

Korparativ madaniyatning muhim jihati sifatida bank inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan tashabbuslarda ishtirok etadi, bu esa uning jamiyat oldidagi mas'uliyatini va etik standartlarga bo'lgan sadoqatini ta'kidlaydi.




Oxirgi yangilanish sanasi: 05.11.2024 17:38  
up