main-image
КРЕДИТНЫЕ ПРОДУКТЫ
Развивайте свой бизнес с нами

KICHIK BIZNES krediti

biznesning joriy ehtiyojlarini moliyalashtirish: maqsadsiz kredit, aylanma mablag‘larni to‘ldirish va asosiy vositalarni xarid qilish.

KICHIK BIZNES krediti
О продукте
Step icon

5 mlrd so‘mgacha ekvivalentda

Kredit miqdori

Step icon

60 oygacha

Kredit muddati

Step icon

6 oygacha

Imtiyozli davr

Step icon

UZS, USD, EUR va boshqalar

Kredit valyutasi

Step icon

Bank stavkalari asosida

Kredit stavkasi

Step icon

Mikro va kichik biznes

Mijoz

Получить кредит просто!
Steps icon

Bankning oʻzingizga eng yaqin ofisini tanlang va maslahat oling

Steps icon

Kerakli hujjatlarni taqdim qiling

Steps icon

Hujjatlarni imzolang va joriy hisob raqamiga pul oling

Полезно знать
  • Shartlar
  • Mijozga qo‘yiladigan talablar
  • Kerakli hujjatlar
Asosiy ma'lumotlar

Kreditning maqsadi:

    • Maqsadsiz kredit

    • Aylanma mablag‘larni to‘ldirish

    • Asosiy vositalarni sotib olish

    • Import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish uchun asbob uskunlar sotib olish uchun

    • Asbob-uskunalarni mahalliylashtirish istagida bo‘lgan tadbirkorlar uchun

    Maqsadsiz kredit kreditlar, foizlar va komissiyalarni so‘ndirish, uchinchi shaxslarga moliyaviy yordam ko‘rsatish va uni qaytarish, qimmatli qog‘ozlarni sotib olish, veksel to‘lovlarini amalga oshirish, yuridik shaxslarning ulushlarini sotib olish, mablag‘larni ikkilamchi hisobvaraqlarga o‘tkazish, moliyaviy yordamni qaytarish hamda kafolatlar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish uchun taqdim etilmaydi.

Valyuta:

  • Milliy valyuta (UZS)

  • Xorijiy valyuta (USD, EUR va boshqalar)

  • Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan tadbirkorlarga kreditlar faqat UZSda ajratiladi.

    Kredit miqdori:

  • 50 mln so‘mdan (ekvivalentda) 5 mlrd so‘mgacha (ekvivalentda).
  • Kredit muddati:

    • Maqsadsiz kredit — 60 oygacha

    • Aylanma mablag‘lar — 18 oygacha

    • Asosiy vositalar — 60 oygacha

    Imtiyozli davr:

  • Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan:

    • Maqsadsiz kredit — 6 oygacha

    • Aylanma mablag‘lar — 3 oygacha

    • Asosiy vositalar — 6 oygacha

    Jalb qilingan mablag‘lar hisobidan — resurs shartlariga asosan.

  • Foiz stavkasi

  • UZSda (bankning o‘z mablag‘lari hisobidan) — Markaziy bankning asosiy stavkasi + 10% dan kam bo‘lmagan miqdorda.

    Xorijiy valyutada va jalb qilingan mablag‘lar hisobidan — bankning amaldagi stavkalaridan kam bo‘lmagan miqdorda.

    Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan UZSda ajratilgan kreditlar bo‘yicha Markaziy bank asosiy stavkasi oshirilgan taqdirda foiz stavkasi mutanosib ravishda oshiriladi, pasaytirilgan taqdirda esa o‘zgarishsiz qoldiriladi.

  • So‘ndirish tartibi

  • Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan — asosiy qarz imtiyozli davrdan so‘ng har oyda, foizlar har oyda (annuitet yoki differensial usulda).

    Jalb qilingan mablag‘lar hisobidan — resurs shartlariga asosan.

  • Kreditni ajratish shakli:

    Maqsadsiz kredit (yopiq kredit liniyasi):

    • naqd pul shaklida;

    • bank plastik kartasiga o‘tkazish orqali;

    • yetkazib beruvchi (xizmat ko‘rsatuvchi) hisob raqamiga o‘tkazish orqali.

    Asosiy vositalarni xarid qilish (yopiq kredit liniyasi):

    • yetkazib beruvchiga o‘tkazish orqali.

    Aylanma mablag‘lar (ochiq kredit liniyasi):

    • yetkazib beruvchi (xizmat ko‘rsatuvchi) hisob raqamiga o‘tkazish orqali.

    Ta’minot:

    Mulkiy garov — kredit summasining kamida 125% miqdorida (affillangan shaxslar uchun — 130%).

    “Biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi” AJ kafilligi taqdim etilishi mumkin.

    • Kafillik mavjud bo‘lgan taqdirda mulkiy garov miqdori umumiy ta’minot hajmidan kafillik summasi chegirilgan holda hisoblanadi.

    Ta’sischilar kafilligi:

    Agar qarz oluvchi yuridik shaxs bo‘lsa, ustav fondida 50% va undan ortiq ulushga ega ta’sischi (yoki ta’sischilar) kredit summasining 125% miqdorida kafil bo‘lib chiqadi.

    Agar qarz oluvchi yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lsa, kafil sifatida tadbirkorning o‘zi jismoniy shaxs sifatida chiqadi.

    Ushbu talab quyidagi hollarda qo‘llanilmaydi, agar ta’sischi:

    • chet el fuqarosi;
    • chet el korxonasi;
    • davlat boshqaruvi organlari;
    • byudjet tashkilotlari bo‘lsa.

    Kafillarning moliyaviy holati Bank tomonidan tahlil qilinmaydi.


    Файлы
    Mijozga qo‘yiladigan asosiy talablar
  • Faoliyat muddati — ro‘yxatdan o‘tgan kundan boshlab kamida 6 oy.

  • So‘nggi 6 oy davomida hisobvaraqda tushumlar mavjud bo‘lishi (kamida 3 oyda).

  • Kredit yuklamasi — 100%dan yuqori bo‘lmasligi (navbatdagi garov ostida ajratilganda — 50%dan yuqori emas).

  • Barcha banklarda muddati o‘tgan kredit qarzdorligi mavjud emasligi.

  • 2-sonli kartoteka mavjud emasligi.

  • KATM minimal skoring bali — kamida 200.

  • “Qoniqarsiz”, “shubhali”, “umidsiz” toifalardagi amaldagi kreditlar mavjud emasligi.

  • So‘nggi 12 oyda:

    • 61–90 kunlik kechikish — 1 martadan ko‘p emas (so‘nggi 6 oyda mavjud emas);

    • 90 kundan ortiq kechikish — mavjud emas.

  • So‘nggi 12 oyda restrukturizatsiyalar soni — 1 tadan ko‘p emas.


  • Kerakli hujjatlar

    1. Kredit olish uchun ariza.
    2. Qarz oluvchi ta’sischilarining kredit olish va mulkni garovga qo‘yish yuzasidan roziligi (zarur hollarda).

    3. Garov obyekti bo‘yicha mustaqil baholovchi tashkilot hisoboti.

    4. 2-sonli kartoteka holati to‘g‘risida ma’lumot (asosiy hisobvaraq boshqa bankda bo‘lsa).

    5. Ko‘chmas mulk garovi bo‘lsa — kadastr hujjatlari va ijara shartnomasi (zarur hollarda).

    6. Avtotransport garovi bo‘lsa — transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma.

    7. Garovga qo‘yuvchi tomonidan mulkni garovga berish va suddan tashqari tartibda undiruvga qaratish yuzasidan rozilik.

    8. Uchinchi yuridik shaxs — garovga qo‘yuvchining ta’sis hujjatlari (agar boshqa bankda xizmat ko‘rsatilsa).

    9. Garovga qo‘yuvchilar hamda uchinchi yuridik shaxs rahbari/bosh buxgalterining pasport nusxalari (zarur hollarda).

    10. Faoliyat joyidan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (zarur hollarda).

    11. Davlat xizmatlari markazidan reestr va o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (so‘nggi 6 oyda qayta ro‘yxatdan o‘tish bo‘lsa).

    12. Loyiha xususiyatiga ko‘ra qo‘shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.


    SQB BUSINESS
    SQB BUSINESS

    Управляйте собственным бизнесом не выходя из дома

    Подробнее
    Депозиты
    Депозиты

    Депозиты с высокой доходностью для дополнительной прибыли

    Подробнее
    Трансграничные переводы
    Трансграничные переводы

    Осуществляйте быстрые и безопасные денежные переводы по всему миру

    Подробнее
    Корпоративные карты
    Корпоративные карты

    Удобный инструмент для оплаты всех бизнес-расходов

    Подробнее
    Зарплатный проект
    Зарплатный проект

    Зачисляйте зарплату на карты сотрудников, минимизируя риски

    Подробнее
    Торговый эквайринг
    Торговый эквайринг

    Расширяйте круг потенциальных клиентов для развития бизнеса

    Подробнее
    Кредиты для бизнеса
    Кредиты для бизнеса

    Выгодные кредитные продукты для создания и развития бизнеса

    Подробнее

    Дата последнего обновления: 13.03.2026 09:41
    up
    DEMO
    close
    Давайте поговорим!
    close
    send
    logo