5 mlrd so‘mgacha ekvivalentda
Kredit miqdori
60 oygacha
Kredit muddati
6 oygacha
Imtiyozli davr
UZS, USD, EUR va boshqalar
Kredit valyutasi
Bank stavkalari asosida
Kredit stavkasi
Mikro va kichik biznes
Mijoz
Bankning oʻzingizga eng yaqin ofisini tanlang va maslahat oling
Kerakli hujjatlarni taqdim qiling
Hujjatlarni imzolang va joriy hisob raqamiga pul oling
Kreditning maqsadi:
Maqsadsiz kredit
Aylanma mablag‘larni to‘ldirish
Asosiy vositalarni sotib olish
Import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish uchun asbob uskunlar sotib olish uchun
Asbob-uskunalarni mahalliylashtirish istagida bo‘lgan tadbirkorlar uchun
Maqsadsiz kredit kreditlar, foizlar va komissiyalarni so‘ndirish, uchinchi shaxslarga moliyaviy yordam ko‘rsatish va uni qaytarish, qimmatli qog‘ozlarni sotib olish, veksel to‘lovlarini amalga oshirish, yuridik shaxslarning ulushlarini sotib olish, mablag‘larni ikkilamchi hisobvaraqlarga o‘tkazish, moliyaviy yordamni qaytarish hamda kafolatlar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish uchun taqdim etilmaydi.
Valyuta:
Milliy valyuta (UZS)
Xorijiy valyuta (USD, EUR va boshqalar)
Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan tadbirkorlarga kreditlar faqat UZSda ajratiladi.
Kredit miqdori:
Kredit muddati:
Maqsadsiz kredit — 60 oygacha
Aylanma mablag‘lar — 18 oygacha
Asosiy vositalar — 60 oygacha
Imtiyozli davr:
Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan:
Maqsadsiz kredit — 6 oygacha
Aylanma mablag‘lar — 3 oygacha
Asosiy vositalar — 6 oygacha
Jalb qilingan mablag‘lar hisobidan — resurs shartlariga asosan.
Foiz stavkasi
UZSda (bankning o‘z mablag‘lari hisobidan) — Markaziy bankning asosiy stavkasi + 10% dan kam bo‘lmagan miqdorda.
Xorijiy valyutada va jalb qilingan mablag‘lar hisobidan — bankning amaldagi stavkalaridan kam bo‘lmagan miqdorda.
Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan UZSda ajratilgan kreditlar bo‘yicha Markaziy bank asosiy stavkasi oshirilgan taqdirda foiz stavkasi mutanosib ravishda oshiriladi, pasaytirilgan taqdirda esa o‘zgarishsiz qoldiriladi.
So‘ndirish tartibi
Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan — asosiy qarz imtiyozli davrdan so‘ng har oyda, foizlar har oyda (annuitet yoki differensial usulda).
Jalb qilingan mablag‘lar hisobidan — resurs shartlariga asosan.
Kreditni ajratish shakli:
Maqsadsiz kredit (yopiq kredit liniyasi):
naqd pul shaklida;
bank plastik kartasiga o‘tkazish orqali;
yetkazib beruvchi (xizmat ko‘rsatuvchi) hisob raqamiga o‘tkazish orqali.
Asosiy vositalarni xarid qilish (yopiq kredit liniyasi):
yetkazib beruvchiga o‘tkazish orqali.
Aylanma mablag‘lar (ochiq kredit liniyasi):
yetkazib beruvchi (xizmat ko‘rsatuvchi) hisob raqamiga o‘tkazish orqali.
Ta’minot:
• Mulkiy garov — kredit summasining kamida 125% miqdorida (affillangan shaxslar uchun — 130%).
• “Biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi” AJ kafilligi taqdim etilishi mumkin.
• Kafillik mavjud bo‘lgan taqdirda mulkiy garov miqdori umumiy ta’minot hajmidan kafillik summasi chegirilgan holda hisoblanadi.
Ta’sischilar kafilligi:
Agar qarz oluvchi yuridik shaxs bo‘lsa, ustav fondida 50% va undan ortiq ulushga ega ta’sischi (yoki ta’sischilar) kredit summasining 125% miqdorida kafil bo‘lib chiqadi.
Agar qarz oluvchi yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lsa, kafil sifatida tadbirkorning o‘zi jismoniy shaxs sifatida chiqadi.
Ushbu talab quyidagi hollarda qo‘llanilmaydi, agar ta’sischi:
• chet el fuqarosi;
• chet el korxonasi;
• davlat boshqaruvi organlari;
• byudjet tashkilotlari bo‘lsa.
Kafillarning moliyaviy holati Bank tomonidan tahlil qilinmaydi.
Faoliyat muddati — ro‘yxatdan o‘tgan kundan boshlab kamida 6 oy.
So‘nggi 6 oy davomida hisobvaraqda tushumlar mavjud bo‘lishi (kamida 3 oyda).
Kredit yuklamasi — 100%dan yuqori bo‘lmasligi (navbatdagi garov ostida ajratilganda — 50%dan yuqori emas).
Barcha banklarda muddati o‘tgan kredit qarzdorligi mavjud emasligi.
2-sonli kartoteka mavjud emasligi.
KATM minimal skoring bali — kamida 200.
“Qoniqarsiz”, “shubhali”, “umidsiz” toifalardagi amaldagi kreditlar mavjud emasligi.
So‘nggi 12 oyda:
61–90 kunlik kechikish — 1 martadan ko‘p emas (so‘nggi 6 oyda mavjud emas);
90 kundan ortiq kechikish — mavjud emas.
So‘nggi 12 oyda restrukturizatsiyalar soni — 1 tadan ko‘p emas.
- Kredit olish uchun ariza.
Qarz oluvchi ta’sischilarining kredit olish va mulkni garovga qo‘yish yuzasidan roziligi (zarur hollarda).
Garov obyekti bo‘yicha mustaqil baholovchi tashkilot hisoboti.
2-sonli kartoteka holati to‘g‘risida ma’lumot (asosiy hisobvaraq boshqa bankda bo‘lsa).
Ko‘chmas mulk garovi bo‘lsa — kadastr hujjatlari va ijara shartnomasi (zarur hollarda).
Avtotransport garovi bo‘lsa — transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma.
Garovga qo‘yuvchi tomonidan mulkni garovga berish va suddan tashqari tartibda undiruvga qaratish yuzasidan rozilik.
Uchinchi yuridik shaxs — garovga qo‘yuvchining ta’sis hujjatlari (agar boshqa bankda xizmat ko‘rsatilsa).
Garovga qo‘yuvchilar hamda uchinchi yuridik shaxs rahbari/bosh buxgalterining pasport nusxalari (zarur hollarda).
Faoliyat joyidan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (zarur hollarda).
Davlat xizmatlari markazidan reestr va o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (so‘nggi 6 oyda qayta ro‘yxatdan o‘tish bo‘lsa).
Loyiha xususiyatiga ko‘ra qo‘shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.
Last updated date: 13.03.2026 09:41

















