1 mlrd so‘mgacha ekvivalentda
Kredit miqdori
60 oygacha
Kredit muddati
6 oygacha
Imtiyozli davr
UZS, USD, EUR va boshqalar
Kredit valyutasi
MB asosiy stavkasi + 10% dan
Kredit stavkasi
Mikrobiznes subyektlari
Mijoz
Bankning oʻzingizga eng yaqin ofisini tanlang va maslahat oling
Kerakli hujjatlarni taqdim qiling
Hujjatlarni imzolang va joriy hisob raqamiga pul oling
Kreditning maqsadi:
Maqsadsiz kredit (qarzdorliklarni va kafilliklar bo‘yicha to‘lovlarni so‘ndirish uchun taqdim etilmaydi), shuningdek kredit mablag‘larini quyidagilarga yo‘naltirishga yo‘l qo‘yilmaydi:
kredit va unga tenglashtirilgan qarzdorliklarni (asosiy qarz, foizlar, komissiyalar) so‘ndirish;
uchinchi shaxslarga moliyaviy yordam ko‘rsatish va ularning qarzdorliklarini so‘ndirish;
qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish va veksel to‘lovlari;
yuridik shaxslardagi ulushlarni (ishtirokni) xarid qilish;
ikkilamchi hisob raqamlarga o‘tkazmalar;
moliyaviy yordam mablag‘larini qaytarish;
kafilliklar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish.
Asosiy vositalarni xarid qilish.
Aylanma mablag‘larni to‘ldirish.
Valyuta:
milliy valyuta — so‘m;
xorijiy valyuta — AQSh dollari, yevro va boshqalar.
Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan tadbirkorlarga xorijiy valyutada kreditlar ajratilmaydi.
Kredit muddati
maqsadsiz kredit — 48 oygacha;
asosiy vositalar uchun — 60 oygacha;
aylanma mablag‘lar (ochiq kredit liniyasi) — 18 oygacha.
Imtiyozli davr
Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan:
maqsadsiz kredit — 6 oygacha;
aylanma mablag‘lar — 3 oygacha;
asosiy vositalar — 6 oygacha.
Jalb qilingan mablag‘lar hisobidan:
— jalb qilingan mablag‘lar shartlariga muvofiq.
Foiz stavkasi
milliy valyutada, bankning o‘z mablag‘lari hisobidan ajratilganda — o‘zgaruvchan stavka (Markaziy bank asosiy stavkasi + 10% dan kam bo‘lmagan miqdorda);
xorijiy valyutada — o‘zgarmas stavka;
boshqa hollarda — resurs shartlariga muvofiq; foizlar har kuni hisoblanadi va belgilangan grafik asosida so‘ndiriladi.
Ta’minot
mulkiy garov va (yoki) pul mablag‘lari — kredit summasining kamida 125% miqdorida
(aloqador shaxslar uchun — kamida 130%);“Biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi” AJ kafilligi;
Agar “Biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi” AJ kafilligi mavjud bo‘lsa, mulkiy garov qiymati jami ta’minot qiymatidan kafillik summasi chegirilgan holda (125%/130% dan kafillik summasi ayrilgan holda) hisoblanadi.
Ta’sischilar kafilligi bo‘yicha qo‘shimcha shart:
Asosiy ta’minotga qo‘shimcha ravishda, korxonaning 50% va undan ortiq ulushiga ega ta’sischi(lar) kredit summasining 125% miqdorida kafillik beradi.
Agar qarz oluvchi yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lsa — YTT jismoniy shaxs sifatida kredit summasining 125% miqdorida kafillik beradi.
Istisno: ta’sischi xorijiy fuqaro va (yoki) xorijiy korxona bo‘lgan holatlar.
Kafillarning moliyaviy holati o‘rganilmaydi.
Qabul qilinadigan garov turlari:
- bank talablari asosida ko‘chmas mulk;
qabul qilinmaydi: bozor hududida joylashgan yengil konstruksiyali savdo do‘konlari, parrandachilik va issiqxona komplekslari, bekatlar;
turar joy toifasidagi mulklar 50%gacha diskont qo‘llagan holda qabul qilinadi;yengil avtotransport vositalari — ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan (ishlab chiqarilgan yil birinchi yil hisoblanadi);
pul mablag‘lari (kredit ajratilayotgan valyutada);
“Biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi” AJ kafilligi.
Kredit quyidagi talablar bir vaqtning o‘zida bajarilganda ajratiladi:
qarz oluvchining kredit yuklamasi — 100%dan oshmasligi;
faoliyat muddati — ro‘yxatdan o‘tgan kundan boshlab kamida 6 oy;
so‘nggi 6 oy davomida hisobvaraqda faoliyat bilan bog‘liq tushumlar mavjud bo‘lishi (kamida 3 oyda tushum bo‘lishi shart);
barcha banklar va kredit tashkilotlarida amaldagi kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi;
o‘zaro aloqador korxonalarning bank tizimida muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;
kartoteka-2 bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi (boshqa bankdan olingan ma’lumotnoma 30 kun amal qiladi);
KATM ma’lumotlariga ko‘ra mijoz reytingi 200 balldan kam bo‘lmasligi;
KATM ma’lumotlariga ko‘ra mijoz va o‘zaro aloqador korxonalarda “qoniqarsiz”, “shubhali” yoki “umidsiz” toifaga tasniflangan amaldagi kreditlar mavjud bo‘lmasligi;
so‘nggi 12 oyda:
61–90 kunlik kechikish — 1 martadan ko‘p bo‘lmasligi (so‘nggi 6 oyda mavjud bo‘lmasligi);
90 kundan ortiq kechikish mavjud bo‘lmasligi;
yopilgan kreditlar bo‘yicha so‘nggi 12 oy ichida:
61–90 kunlik kechikish — 1 martadan ko‘p bo‘lmasligi (so‘nggi 6 oyda mavjud bo‘lmasligi);
90 kundan ortiq kechikish mavjud bo‘lmasligi;
amaldagi kreditlar bo‘yicha maqsadsiz foydalanish holatlari mavjud bo‘lmasligi (pasportda ko‘rsatilgan istisnolar bundan mustasno);
so‘nggi 3 yil davomida kredit xizmatlari bo‘yicha iqtisodiy sudda qanoatlantirilgan da’volar mavjud bo‘lmasligi (istisnolar bundan mustasno);
amaldagi kreditlar bo‘yicha yakuniy to‘lov muddatini uzaytirish holatlari — 2 martadan ko‘p bo‘lmasligi;
so‘nggi 6 oy davomida ta’sischilar tarkibi o‘zgarmagan bo‘lishi (pasportda ko‘rsatilgan istisnolar bundan mustasno);
Majburiy ijro byurosi (MIB) bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi:
qarz oluvchida;
ta’sischilar boshqa korxonalarida;
ta’sischilarda;
ta’sischilarda (shu jumladan kafillik berayotgan shaxslarda) jismoniy shaxs sifatida muddati o‘tgan kredit qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;
kollegial organlar tomonidan belgilangan shartlar bajarilmagan holatlar mavjud bo‘lmasligi (kechiktirilgan bajarilish asoslantirilgan bo‘lsa ko‘rib chiqilishi mumkin);
qayta ko‘rib chiqilgan foiz qarzdorligi bo‘yicha qoldiq mavjud bo‘lmasligi;
so‘nggi 12 oyda restrukturizatsiya — 1 martadan ko‘p bo‘lmasligi.
Ariza.
Qarz oluvchi korxona ta’sischilarining kredit olish va mulkni garovga qo‘yishga roziligi (xususiy korxonalar va YTT bundan mustasno).
Garov obyekti bo‘yicha mustaqil baholovchi tashkilot hisoboti.
Kartoteka-2 holati to‘g‘risida ma’lumotnoma (asosiy hisob boshqa bankda bo‘lsa).
Agar garov — ko‘chmas mulk bo‘lsa: kadastr hujjatlari (ko‘chirma va kadastr pasporti), yer uchastkasi ijarada bo‘lsa — ijara shartnomasi.
Agar garov — avtotransport bo‘lsa: transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma.
Zalog beruvchining (qarz oluvchi/uchinchi shaxs) mulkni garovga qo‘yish va suddan tashqari tartibda undiruvni amalga oshirishga roziligi.
Uchinchi shaxs — korxonaning ta’sis hujjatlari (boshqa bankda xizmat ko‘rsatilsa).
Pasport nusxalari:
uchinchi shaxs — jismoniy shaxs bo‘lsa;
direktor va bosh buxgalterning pasport nusxalari (mavjud bo‘lsa).
Faoliyat joyiga oid hujjatlar (kadastr/ijara/e-auksion/hokim qarori va boshqalar).
So‘nggi 6 oy ichida qayta ro‘yxatdan o‘tish bo‘lgan bo‘lsa — Davlat xizmatlari markazidan (DXM) reestr va o‘zgarishlar bo‘yicha ma’lumotnoma.
Loyiha xususiyatidan kelib chiqib qo‘shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.
Дата последнего обновления: 17.02.2026 14:55













