main-image
BUSINESS LOANS
Develop your business with us
MIKRO BIZNES krediti

BUSINESS LOANS
Develop your business with us

Choose deposit

MIKRO BIZNES krediti

biznesni rivojlantirish, uskunalar xaridi va aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun.

MIKRO BIZNES krediti
Step icon

1 mlrd so‘mgacha ekvivalentda

Kredit miqdori

Step icon

60 oygacha

Kredit muddati

Step icon

6 oygacha

Imtiyozli davr

Step icon

UZS, USD, EUR va boshqalar

Kredit valyutasi

Step icon

MB asosiy stavkasi + 10% dan

Kredit stavkasi

Step icon

Mikrobiznes subyektlari

Mijoz

Steps icon

Bankning oʻzingizga eng yaqin ofisini tanlang va maslahat oling

Steps icon

Kerakli hujjatlarni taqdim qiling

Steps icon

Hujjatlarni imzolang va joriy hisob raqamiga pul oling

Usefull to know
  • Shartlar
  • Mijozga qo‘yiladigan talablar
  • Kerakli hujjatlar
Asosiy ma'lumotlar

Kreditning maqsadi:

Maqsadsiz kredit (qarzdorliklarni va kafilliklar bo‘yicha to‘lovlarni so‘ndirish uchun taqdim etilmaydi), shuningdek kredit mablag‘larini quyidagilarga yo‘naltirishga yo‘l qo‘yilmaydi:

  • kredit va unga tenglashtirilgan qarzdorliklarni (asosiy qarz, foizlar, komissiyalar) so‘ndirish;

  • uchinchi shaxslarga moliyaviy yordam ko‘rsatish va ularning qarzdorliklarini so‘ndirish;

  • qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish va veksel to‘lovlari;

  • yuridik shaxslardagi ulushlarni (ishtirokni) xarid qilish;

  • ikkilamchi hisob raqamlarga o‘tkazmalar;

  • moliyaviy yordam mablag‘larini qaytarish;

  • kafilliklar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish.

  • Asosiy vositalarni xarid qilish.

  • Aylanma mablag‘larni to‘ldirish.

Valyuta:

  • milliy valyuta — so‘m;

  • xorijiy valyuta — AQSh dollari, yevro va boshqalar.

Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan tadbirkorlarga xorijiy valyutada kreditlar ajratilmaydi.

Kredit muddati

  • maqsadsiz kredit — 48 oygacha;

  • asosiy vositalar uchun — 60 oygacha;

  • aylanma mablag‘lar (ochiq kredit liniyasi) — 18 oygacha.

Imtiyozli davr

Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan:

  • maqsadsiz kredit — 6 oygacha;

  • aylanma mablag‘lar — 3 oygacha;

  • asosiy vositalar — 6 oygacha.

Jalb qilingan mablag‘lar hisobidan:
— jalb qilingan mablag‘lar shartlariga muvofiq.

Foiz stavkasi

  • milliy valyutada, bankning o‘z mablag‘lari hisobidan ajratilganda — o‘zgaruvchan stavka (Markaziy bank asosiy stavkasi + 10% dan kam bo‘lmagan miqdorda);

  • xorijiy valyutada — o‘zgarmas stavka;

  • boshqa hollarda — resurs shartlariga muvofiq; foizlar har kuni hisoblanadi va belgilangan grafik asosida so‘ndiriladi.

  • Ta’minot

    • mulkiy garov va (yoki) pul mablag‘lari — kredit summasining kamida 125% miqdorida
      (aloqador shaxslar uchun — kamida 130%);

    • “Biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi” AJ kafilligi;

    Agar “Biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi” AJ kafilligi mavjud bo‘lsa, mulkiy garov qiymati jami ta’minot qiymatidan kafillik summasi chegirilgan holda (125%/130% dan kafillik summasi ayrilgan holda) hisoblanadi.

    Ta’sischilar kafilligi bo‘yicha qo‘shimcha shart:

  • Asosiy ta’minotga qo‘shimcha ravishda, korxonaning 50% va undan ortiq ulushiga ega ta’sischi(lar) kredit summasining 125% miqdorida kafillik beradi.

    Agar qarz oluvchi yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lsa — YTT jismoniy shaxs sifatida kredit summasining 125% miqdorida kafillik beradi.

    Istisno: ta’sischi xorijiy fuqaro va (yoki) xorijiy korxona bo‘lgan holatlar.

    Kafillarning moliyaviy holati o‘rganilmaydi.

  • Qabul qilinadigan garov turlari:

    • bank talablari asosida ko‘chmas mulk;
    • qabul qilinmaydi: bozor hududida joylashgan yengil konstruksiyali savdo do‘konlari, parrandachilik va issiqxona komplekslari, bekatlar;
      turar joy toifasidagi mulklar 50%gacha diskont qo‘llagan holda qabul qilinadi;

    • yengil avtotransport vositalari — ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan (ishlab chiqarilgan yil birinchi yil hisoblanadi);

    • pul mablag‘lari (kredit ajratilayotgan valyutada);

    • “Biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi” AJ kafilligi.

    Files
    Shartnoma

    Shartnoma

    Download
    DOWNLOAD
    Mijozga qo‘yiladigan talablar

    Kredit quyidagi talablar bir vaqtning o‘zida bajarilganda ajratiladi:

    • qarz oluvchining kredit yuklamasi — 100%dan oshmasligi;

    • faoliyat muddati — ro‘yxatdan o‘tgan kundan boshlab kamida 6 oy;

    • so‘nggi 6 oy davomida hisobvaraqda faoliyat bilan bog‘liq tushumlar mavjud bo‘lishi (kamida 3 oyda tushum bo‘lishi shart);

    • barcha banklar va kredit tashkilotlarida amaldagi kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi;

    • o‘zaro aloqador korxonalarning bank tizimida muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;

    • kartoteka-2 bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi (boshqa bankdan olingan ma’lumotnoma 30 kun amal qiladi);

    • KATM ma’lumotlariga ko‘ra mijoz reytingi 200 balldan kam bo‘lmasligi;

    • KATM ma’lumotlariga ko‘ra mijoz va o‘zaro aloqador korxonalarda “qoniqarsiz”, “shubhali” yoki “umidsiz” toifaga tasniflangan amaldagi kreditlar mavjud bo‘lmasligi;

    • so‘nggi 12 oyda:

      • 61–90 kunlik kechikish — 1 martadan ko‘p bo‘lmasligi (so‘nggi 6 oyda mavjud bo‘lmasligi);

      • 90 kundan ortiq kechikish mavjud bo‘lmasligi;

    • yopilgan kreditlar bo‘yicha so‘nggi 12 oy ichida:

      • 61–90 kunlik kechikish — 1 martadan ko‘p bo‘lmasligi (so‘nggi 6 oyda mavjud bo‘lmasligi);

      • 90 kundan ortiq kechikish mavjud bo‘lmasligi;

    • amaldagi kreditlar bo‘yicha maqsadsiz foydalanish holatlari mavjud bo‘lmasligi (pasportda ko‘rsatilgan istisnolar bundan mustasno);

    • so‘nggi 3 yil davomida kredit xizmatlari bo‘yicha iqtisodiy sudda qanoatlantirilgan da’volar mavjud bo‘lmasligi (istisnolar bundan mustasno);

    • amaldagi kreditlar bo‘yicha yakuniy to‘lov muddatini uzaytirish holatlari — 2 martadan ko‘p bo‘lmasligi;

    • so‘nggi 6 oy davomida ta’sischilar tarkibi o‘zgarmagan bo‘lishi (pasportda ko‘rsatilgan istisnolar bundan mustasno);

    • Majburiy ijro byurosi (MIB) bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi:

      • qarz oluvchida;

      • ta’sischilar boshqa korxonalarida;

      • ta’sischilarda;

    • ta’sischilarda (shu jumladan kafillik berayotgan shaxslarda) jismoniy shaxs sifatida muddati o‘tgan kredit qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;

    • kollegial organlar tomonidan belgilangan shartlar bajarilmagan holatlar mavjud bo‘lmasligi (kechiktirilgan bajarilish asoslantirilgan bo‘lsa ko‘rib chiqilishi mumkin);

    • qayta ko‘rib chiqilgan foiz qarzdorligi bo‘yicha qoldiq mavjud bo‘lmasligi;

    • so‘nggi 12 oyda restrukturizatsiya — 1 martadan ko‘p bo‘lmasligi.


    Kerakli hujjatlar

    1. Ariza.

    2. Qarz oluvchi korxona ta’sischilarining kredit olish va mulkni garovga qo‘yishga roziligi (xususiy korxonalar va YTT bundan mustasno).

    3. Garov obyekti bo‘yicha mustaqil baholovchi tashkilot hisoboti.

    4. Kartoteka-2 holati to‘g‘risida ma’lumotnoma (asosiy hisob boshqa bankda bo‘lsa).

    5. Agar garov — ko‘chmas mulk bo‘lsa: kadastr hujjatlari (ko‘chirma va kadastr pasporti), yer uchastkasi ijarada bo‘lsa — ijara shartnomasi.

    6. Agar garov — avtotransport bo‘lsa: transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma.

    7. Zalog beruvchining (qarz oluvchi/uchinchi shaxs) mulkni garovga qo‘yish va suddan tashqari tartibda undiruvni amalga oshirishga roziligi.

    8. Uchinchi shaxs — korxonaning ta’sis hujjatlari (boshqa bankda xizmat ko‘rsatilsa).

    9. Pasport nusxalari:

      • uchinchi shaxs — jismoniy shaxs bo‘lsa;

      • direktor va bosh buxgalterning pasport nusxalari (mavjud bo‘lsa).

    10. Faoliyat joyiga oid hujjatlar (kadastr/ijara/e-auksion/hokim qarori va boshqalar).

    11. So‘nggi 6 oy ichida qayta ro‘yxatdan o‘tish bo‘lgan bo‘lsa — Davlat xizmatlari markazidan (DXM) reestr va o‘zgarishlar bo‘yicha ma’lumotnoma.

    12. Loyiha xususiyatidan kelib chiqib qo‘shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.


    SQB BUSINESS
    SQB BUSINESS

    Manage your own business from the comfort of your home

    Read more
    Deposits
    Deposits

    Open high yielding deposits for extra profits

    Read more
    Cross-border transfers
    Cross-border transfers

    Transfer money quickly and securely around the world

    Read more
    Business cards
    Business cards

    A convenient way to pay for all your business expenses

    Read more
     Salary project
    Salary project

    Credit salaries to your employees' cards, minimising risk

    Read more
    Merchant acquiring
    Merchant acquiring

    Expand the pool of potential customers for business development

    Read more
    Business loans
    Business loans

    Attractive loan products for business creation and development

    Read more

    Last updated date: 17.02.2026 14:55
    up
    DEMO
    close
    Давайте поговорим!
    DEMO
    AI (SQB Assistant) -
    в тестовом режиме
    close
    Здравствуйте!
    Чем могу помочь?
    headphone
    close
    headphone
    arrow-left
    Недавние чаты
    close
    История
    FAQ
    Сегодня
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    Сегодня
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    Сегодня
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    logo