300 mln so‘mgacha
Kredit miqdori
36 oygacha
Kredit muddati
3 oygacha
Imtiyozli davr
UZS
Kredit valyutasi
MB asosiy stavkasi + 10% dan kam emas
Kredit stavkasi
Mikro va kichik biznes
Segment
Bankning oʻzingizga eng yaqin ofisini tanlang va maslahat oling
Kerakli hujjatlarni taqdim qiling
Hujjatlarni imzolang va joriy hisob raqamiga pul oling
Kreditning maqsadi:
Maqsadsiz
Asosiy vositalar xaridi
Aylanma mablag‘larni to‘ldirish
Valyuta:
Milliy valyuta — so‘m
Kredit miqdori:
Minimum — 10 mln so‘m
Maksimum — 300 mln so‘m
Kredit muddati:
Maqsadsiz — 36 oygacha
Aylanma mablag‘larni to‘ldirish — 18 oygacha
Asosiy vositalar xaridi — 36 oygacha
Imtiyozli davr:
• 3 oygacha
Foiz stavkasi:
• Foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasi + 10 foiz punktidan kam bo‘lmagan miqdorda
belgilanadi.
Asosiy qarz va foizlarni so‘ndirish:
Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan — differensial yoki annuitet usulida: asosiy qarz imtiyozli davrdan so‘ng har oy, foizlar — har oy;
Jalb qilingan mablag‘lar hisobidan — resurs shartlariga muvofiq.
Kredit ajratish shakli:
Maqsadsiz kredit (yopiq kredit liniyasi):
naqd pul shaklida;
bank plastik kartasiga o‘tkazish orqali;
yetkazib beruvchi (xizmat ko‘rsatuvchi) hisob raqamiga o‘tkazish orqali.
Asosiy vositalar xaridi va aylanma mablag‘larni to‘ldirish (yopiq kredit liniyasi):
yetkazib beruvchi (xizmat ko‘rsatuvchi) hisob raqamiga o‘tkazish orqali.
Kredit ta’minoti:
Kredit summasining kamida 125% miqdorida mulkiy garov (aloqador shaxslar uchun — 130%);
“Biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi” AJ kafilligi mumkin.
Kafillik mavjud bo‘lganda, mulkiy garov miqdori kafillik summasi chegirilgan holda hisoblanadi.
Qabul qilinadi:
ko‘chmas mulk (bank talablari asosida);
3 yildan oshmagan avtotransport vositalari;
pul mablag‘lari (kredit valyutasida).
Qo‘shimcha shartlar:
Quyidagi maqsadlar uchun foydalanish taqiqlanadi:
kreditlar va unga tenglashtirilgan qarzdorliklarni (asosiy qarz, foiz, komissiyalar) so‘ndirish;
uchinchi shaxslarga moliyaviy yordam ko‘rsatish va ularning qarzdorligini so‘ndirish;
qimmatli qog‘ozlar xaridi va veksel to‘lovlari;
yuridik shaxslar ulushini sotib olish;
mablag‘larni ikkilamchi hisob raqamlarga o‘tkazish;
moliyaviy yordam mablag‘larini qaytarish;
kafillik bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish.
Tadbirkorlik faoliyati kamida 6 oy davomida yuritilgan bo‘lishi (davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan yoki hokim yordamchisining ma’lumotnomasi asosida);
Barcha banklarda muddati o‘tgan kredit qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;
Bank tizimida aloqador korxonalarning muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;
2-sonli kartoteka qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;
KATM reytingi kamida 200 ball;
“Qoniqarsiz”, “shubhali”, “umidsiz” toifalardagi amaldagi kreditlar mavjud bo‘lmasligi;
Oxirgi 12 oy ichida:
61–90 kunlik muddati o‘tgan qarzdorlik — 1 tadan ko‘p bo‘lmasligi (oxirgi 6 oyda mavjud bo‘lmasligi);
90 kundan ortiq muddati o‘tgan qarzdorlik — mavjud bo‘lmasligi;
Oxirgi 12 oyda restrukturizatsiya qilinmagan bo‘lishi;
Amaldagi kreditlar bo‘yicha maqsadsiz foydalanish holatlari mavjud bo‘lmasligi;
So‘nggi 6 oyda ta’sischilar tarkibi o‘zgarmagan bo‘lishi (istisnolar mavjud).
Ariza.
Ta’sischilarning kredit olish bo‘yicha roziligi (belgilangan holatlar bundan mustasno).
Garov obyekti bo‘yicha mustaqil baholovchi tashkilot hisoboti.
Ko‘chmas mulk garov bo‘lsa — kadastr hujjatlari (ko‘chirma va kadastr pasporti), yer ijarada bo‘lsa — ijara shartnomasi.
Avtotransport garov bo‘lsa — transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma.
Qarz oluvchi/uchinchi shaxsning garovga qo‘yish va sudsiz undiruvga roziligi.
Uchinchi yuridik shaxs — garov qo‘yuvchi ta’sis hujjatlari (agar boshqa bankda xizmat ko‘rsatilsa).
Uchinchi shaxs (garov qo‘yuvchi), direktor va bosh buxgalterning pasport nusxalari (zarurat bo‘lsa).
Yakka tartibdagi tadbirkor guvohnomasi va pasport nusxasi.
Boshqa banklardagi hisobvaraqlar aylanmasi va kartoteka-2 holati to‘g‘risida ma’lumot (agar asosiy hisob boshqa bankda bo‘lsa).
Faoliyat joyiga oid hujjatlar (zarurat bo‘lsa).
Mahalliy yetkazib beruvchi bilan oldi-sotdi shartnomasi (asosiy vosita quvvati, modeli, miqdori, ishlab chiqarilgan yili va xususiyatlari ko‘rsatilgan bo‘lishi shart) — maqsadsiz kreditdan tashqari.
Loyihaning xususiyatiga qarab qo‘shimcha hujjatlar.
Yuridik shaxs kafilligi taqdim etilganda qo‘shimcha ravishda:
Kafil ta’sischilarining roziligi;
Oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya hisobotlari;
Zarurat bo‘lsa choraklik hisobot;
Kafil korxonaning ta’sis hujjatlari (agar boshqa bankda xizmat ko‘rsatilsa);
Kafil direktor va bosh buxgalterining pasport nusxalari;
Boshqa banklardagi hisobvaraqlar aylanmasi va kartoteka holati to‘g‘risida ma’lumot.
Дата последнего обновления: 17.02.2026 15:42













