main-image
KREDIT MAHSULOTLARI
O’z biznesingizni biz bilan rivojlantiring!

MAHALLA LOYIHASI krediti

faoliyatni rivojlantirish, uskunalar xaridi va aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun.

MAHALLA LOYIHASI krediti
Mahsulot haqida
Step icon

300 mln so‘mgacha

Kredit miqdori

Step icon

36 oygacha

Kredit muddati

Step icon

3 oygacha

Imtiyozli davr

Step icon

UZS

Kredit valyutasi

Step icon

MB asosiy stavkasi + 10% dan kam emas

Kredit stavkasi

Step icon

Mikro va kichik biznes

Segment

Kredit olish oson!
Steps icon

Bankning oʻzingizga eng yaqin ofisini tanlang va maslahat oling

Steps icon

Kerakli hujjatlarni taqdim qiling

Steps icon

Hujjatlarni imzolang va joriy hisob raqamiga pul oling

Batafsil shartlar
  • Shartlar
  • Mijozga qo‘yiladigan talablar
  • Kerakli hujjatlar
Asosiy ma'lumotlar

Kreditning maqsadi:

  • Maqsadsiz

  • Asosiy vositalar xaridi

  • Aylanma mablag‘larni to‘ldirish

  • Valyuta:

    • Milliy valyuta — so‘m

    Kredit miqdori:

  • Minimum — 10 mln so‘m

  • Maksimum — 300 mln so‘m

  • Kredit muddati:

  • Maqsadsiz — 36 oygacha

  • Aylanma mablag‘larni to‘ldirish — 18 oygacha

  • Asosiy vositalar xaridi — 36 oygacha

  • Imtiyozli davr:

    • 3 oygacha

    Foiz stavkasi:

    • Foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasi + 10 foiz punktidan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.

    Asosiy qarz va foizlarni so‘ndirish:

    Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan — differensial yoki annuitet usulida: asosiy qarz imtiyozli davrdan so‘ng har oy, foizlar — har oy;

    Jalb qilingan mablag‘lar hisobidan — resurs shartlariga muvofiq.

    Kredit ajratish shakli:

    Maqsadsiz kredit (yopiq kredit liniyasi):

    • naqd pul shaklida;

    • bank plastik kartasiga o‘tkazish orqali;

    • yetkazib beruvchi (xizmat ko‘rsatuvchi) hisob raqamiga o‘tkazish orqali.

    Asosiy vositalar xaridi va aylanma mablag‘larni to‘ldirish (yopiq kredit liniyasi):

    • yetkazib beruvchi (xizmat ko‘rsatuvchi) hisob raqamiga o‘tkazish orqali.

    Kredit ta’minoti:

    • Kredit summasining kamida 125% miqdorida mulkiy garov (aloqador shaxslar uchun — 130%);

    • “Biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi” AJ kafilligi mumkin.

    Kafillik mavjud bo‘lganda, mulkiy garov miqdori kafillik summasi chegirilgan holda hisoblanadi.

    Qabul qilinadi:

    • ko‘chmas mulk (bank talablari asosida);

    • 3 yildan oshmagan avtotransport vositalari;

    • pul mablag‘lari (kredit valyutasida).

    Qo‘shimcha shartlar:

    Quyidagi maqsadlar uchun foydalanish taqiqlanadi:

    • kreditlar va unga tenglashtirilgan qarzdorliklarni (asosiy qarz, foiz, komissiyalar) so‘ndirish;

    • uchinchi shaxslarga moliyaviy yordam ko‘rsatish va ularning qarzdorligini so‘ndirish;

    • qimmatli qog‘ozlar xaridi va veksel to‘lovlari;

    • yuridik shaxslar ulushini sotib olish;

    • mablag‘larni ikkilamchi hisob raqamlarga o‘tkazish;

    • moliyaviy yordam mablag‘larini qaytarish;

    • kafillik bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish.

    Hujjatlar
    Shartnoma

    Shartnoma

    Yuklab olish
    DOWNLOAD
    Mijozga qo‘yiladigan talablar
    Kreditni kim olishi mumkin:
    • Tadbirkorlik faoliyati kamida 6 oy davomida yuritilgan bo‘lishi (davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan yoki hokim yordamchisining ma’lumotnomasi asosida);

    • Barcha banklarda muddati o‘tgan kredit qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;

    • Bank tizimida aloqador korxonalarning muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;

    • 2-sonli kartoteka qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;

    • KATM reytingi kamida 200 ball;

    • “Qoniqarsiz”, “shubhali”, “umidsiz” toifalardagi amaldagi kreditlar mavjud bo‘lmasligi;

    Oxirgi 12 oy ichida:

    • 61–90 kunlik muddati o‘tgan qarzdorlik — 1 tadan ko‘p bo‘lmasligi (oxirgi 6 oyda mavjud bo‘lmasligi);

    • 90 kundan ortiq muddati o‘tgan qarzdorlik — mavjud bo‘lmasligi;

    • Oxirgi 12 oyda restrukturizatsiya qilinmagan bo‘lishi;

    • Amaldagi kreditlar bo‘yicha maqsadsiz foydalanish holatlari mavjud bo‘lmasligi;

    • So‘nggi 6 oyda ta’sischilar tarkibi o‘zgarmagan bo‘lishi (istisnolar mavjud).


    Kerakli hujjatlar
      • Ariza.

      • Ta’sischilarning kredit olish bo‘yicha roziligi (belgilangan holatlar bundan mustasno).

      • Garov obyekti bo‘yicha mustaqil baholovchi tashkilot hisoboti.

      • Ko‘chmas mulk garov bo‘lsa — kadastr hujjatlari (ko‘chirma va kadastr pasporti), yer ijarada bo‘lsa — ijara shartnomasi.

      • Avtotransport garov bo‘lsa — transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma.

      • Qarz oluvchi/uchinchi shaxsning garovga qo‘yish va sudsiz undiruvga roziligi.

      • Uchinchi yuridik shaxs — garov qo‘yuvchi ta’sis hujjatlari (agar boshqa bankda xizmat ko‘rsatilsa).

      • Uchinchi shaxs (garov qo‘yuvchi), direktor va bosh buxgalterning pasport nusxalari (zarurat bo‘lsa).

      • Yakka tartibdagi tadbirkor guvohnomasi va pasport nusxasi.

      • Boshqa banklardagi hisobvaraqlar aylanmasi va kartoteka-2 holati to‘g‘risida ma’lumot (agar asosiy hisob boshqa bankda bo‘lsa).

      • Faoliyat joyiga oid hujjatlar (zarurat bo‘lsa).

      • Mahalliy yetkazib beruvchi bilan oldi-sotdi shartnomasi (asosiy vosita quvvati, modeli, miqdori, ishlab chiqarilgan yili va xususiyatlari ko‘rsatilgan bo‘lishi shart) — maqsadsiz kreditdan tashqari.

      • Loyihaning xususiyatiga qarab qo‘shimcha hujjatlar.

      Yuridik shaxs kafilligi taqdim etilganda qo‘shimcha ravishda:

      • Kafil ta’sischilarining roziligi;

      • Oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya hisobotlari;

      • Zarurat bo‘lsa choraklik hisobot;

      • Kafil korxonaning ta’sis hujjatlari (agar boshqa bankda xizmat ko‘rsatilsa);

      • Kafil direktor va bosh buxgalterining pasport nusxalari;

      • Boshqa banklardagi hisobvaraqlar aylanmasi va kartoteka holati to‘g‘risida ma’lumot.


    SQB BUSINESS
    SQB BUSINESS

    Uyingizdan chiqmasdan oʻz biznesingizni boshqaring

    Batafsil
    Depozitlar
    Depozitlar

    Qoʻshimcha foyda olish uchun yuqori daromadli depozitlarni oching

    Batafsil
    Transchegaraviy oʻtkazmalar
    Transchegaraviy oʻtkazmalar

    Dunyo bo‘ylab tez va xavfsiz pul o‘tkazmalarini amalga oshiring

    Batafsil
    Korporativ kartalar
    Korporativ kartalar

    Barcha biznes xarajatlarini toʻlash uchun qulay vosita

    Batafsil
    Ish haqi loyihasi
    Ish haqi loyihasi

    Xatarlarni minimallashtirish orqali xodimlarning kartalariga ish haqini kiriting

    Batafsil
    Savdo ekvayringi
    Savdo ekvayringi

    Biznesni rivojlantirish uchun kelajak mijozlar doirasini kengaytiring

    Batafsil
    Biznes kreditlari
    Biznes kreditlari

    Biznesni yaratish va rivojlantirish uchun foydali kredit mahsulotlari

    Batafsil

    Oxirgi yangilanish sanasi: 17.02.2026 15:42
    up
    DEMO
    close
    Давайте поговорим!
    close
    send
    arrow-left
    Недавние чаты
    close
    История
    FAQ
    Сегодня
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    Сегодня
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    Сегодня
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    logo