28 mlrd UZS ekvivalentigacha
Kreditning maksimal miqdori
18 oygacha
Kredit muddati
6 oygacha
Imtiyoz muddati
UZS, EUR, RUB, USD
Kredit valyutasi
Mikro, kichik biznes uchun
Kimga to'g'ri keladi
individual belgilanadi
Kredit stavkasi
Bankning oʻzingizga eng yaqin ofisini tanlang va maslahat oling
Kerakli hujjatlarni taqdim qiling
Hujjatlarni imzolang va joriy hisob raqamiga pul oling
Kredit maqsadi:
Aylanma mablag‘larni to‘ldirish
Ish haqi to‘lovlarini amalga oshirish
Valyuta:
milliy valyuta (so‘m)
xorijiy valyuta (AQSh dollari, yevro, rubl)
Muddati:
Asosiy yo‘nalish bo‘yicha — 18 oygacha
Ish haqi bo‘yicha — 45 kungacha
Imtiyozli davr:
6 oygacha
Foiz stavkasi:
Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan — yillik kamida 28 %
Jalb qilingan mablag‘lar hisobidan — “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimidagi yuridik shaxslar va YATTlar uchun kredit, faktoring va lizing stavkalariga kamida + 2 punkt
Xorijiy valyutada:
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimidagi kredit/faktoring/lizing stavkalaridan kam bo‘lmagan miqdorda
Miqdori:
28 mlrd so‘mgacha (ekvivalentda)
Mahsulot bo‘yicha ta'minot:
Kredit summasining kamida 125% miqdorida mulkiy garov va/yoki pul mablag‘lari
Aloqador shaxslar uchun — 130%
Mulkiy garovi:
Ko‘chmas mulk — bank talablariga muvofiq
turar joy — 50 % diskont bilan
quyidagilar qabul qilinmaydi:
— bozor hududidagi yengil konstruksiyali savdo do‘konlari
— issiqxona kompleksi
— parrandachilik kompleksi
— bekatlar
Avtotransport — ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan
(ishlab chiqarilgan yil — birinchi yil hisoblanadi)
Pul mablag‘lari — kredit valyutasida
Kreditni taqdim etish shakli:
Yetkazib beruvchi hisob raqamiga o‘tkazish
Ish haqi to‘lovlari uchun tranzit hisobvaraqlarga o‘tkazish
Naqd pul shaklida — chek daftarchasi orqali (10101-hisob)
- Ustav fondi to‘liq shakllangan bo‘lishi (belgilangan istisnolar bundan mustasno).
- Kamida 12 oy davomida faoliyat yuritgan bo‘lishi.
- So‘nggi 6 oy davomida uzluksiz hisob aylanmasi mavjud bo‘lishi.
- Kredit yuklamasi — 50 % dan oshmasligi.
- Moliyaviy natijalar hisobotida (2-son shakl) — ijobiy ko‘rsatkich.
- O‘z aylanma mablag‘lari — musbat bo‘lishi.
- Muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi.
- Aloqador korxonalarda bank tizimida muddati o‘tgan kredit bo‘lmasligi.
- Kartoteka-2 bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi.
- KATM reytingi — 200 balldan kam bo‘lmasligi.
- So‘nggi 60 oy kredit tarixi:
- 31–60 kun — ≤ 10 ta
- 61–90 kun — ≤ 3 ta
- 90+ kun — yo‘l qo‘yilmaydi
12. “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimidagi kreditlari bo‘yicha:
- asosiy qarz muddatini uzaytirish — ≤ 3 marta
- foiz uzaytirish — ≤ 2 marta
13. Qayta ko‘rib chiqilgan kreditlarda qoldiq bo‘lmasligi.
14. Muddati uzaytirilgan foiz qarzdorligi bo‘lmasligi.
15. Kollegial organ shartlarini buzish holatlari bo‘lmasligi.
16. Ta’sischilar/direktorning jismoniy shaxs sifatida muddati o‘tgan krediti bo‘lmasligi.
17. MIB bo‘yicha qarzdorliklar mavjud bo‘lmasligi.
18. So‘nggi 3 yilda sud qarorlari bo‘lsa, bank rad etishi mumkin.
19. Maqsadsiz foydalanish holatlari mavjud bo‘lmasligi.
20. Yetkazib beruvchi bo‘yicha tekshiruv ijobiy bo‘lishi.
21. TSOYAEAT bo‘yicha muddati o‘tgan debitorlik mavjud bo‘lmasligi.
22. Kafil korxonalar (agar taqdim etilgan bo‘lsa) — barcha talablar bo‘yicha mos bo‘lishi.
1. Ariza
2. Qarz oluvchi korxonaning (tegishli DSIga elektron shaklda taqdim etilgan) oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti (Bank tomonidan 1 va 2-sonli shakllar DSI ma‘lumotlar bazasidan elektron olingan hollar hamda yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmay faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bundan mustasno);
3. Oxirgi davr uchun choraklik buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti (mijoz moliyaviy faoliyat davri ushbu davrni qoplamagan holatlarda hisobot oyining 1 kuniga tayyorlangan tezkor buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti);
4. Qarz oluvchi korxona ta‘sischilarining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kredit olish yuzasidan roziligi (xususiy korxonalar va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmay faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bundan mustasno);
5. Yakka tartibdagi tadbirkor guvohnomasi va pasport nusxasi;
6. Boshqa banklardagi hisobraqam aylanmasi (asosiy hisobvarag‘i boshqa bankda bo‘lgan holatlarda kartoteka-2 qarzdorligi ma’lumoti ham ) to‘g‘risida ma‘lumot
7. Mahsulot oldi-sotdi yuzasidan rasmiylashtirilgan shartnomalar;
8. Faoliyat joyi bilan bog‘liq (kadastr, ijara shartnomasi, e-auksion dalolatnomasi, hokim qarori va boshqa qonunchilikda ta’qiqlanmagan asoslantiruvchi) hujjatlar, faoliyat joyi talab etilmaydigan holatlar bundan mustasno;
9. Garovga qo‘yuvchi uchinchi shaxs yoki Qarz oluvchi umumiy yig‘ilishining mulkni garovga taqdim etishga va undiruvni sudsiz tartibda garov mulkiga qaratishga roziligi;
10. Garov obyekti bo‘yicha mustaqil baholovchi tashkilot hisoboti;
11. Garov obyekti ko‘chmas mulk bo‘lgan taqdirda kadastr hujjati (ko‘chirma va kadastr pasporti). Shuningdek, еr uchastkasiga bo‘lgan huquq ijara bo‘lgan holatlarda ijara shartnomasi;
12. Garov obyekti avtotransport vositalari bo‘lgan taqdirda transport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma (texnik pasport);
13. Garov obyekti maxsus texnika bo‘lgan taqdirda maxsus texnikaning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;
14. Mulkni garovga beruvchi qarz oluvchi/uchinchi shaxs (korxona) ta’sischilarining kredit ta’minoti sifatida mulkni garovga berish va undiruvni garov mulkiga suddan tashqari tartibda qaratish yuzasidan roziligi;
15. Mulkni garovga beruvchi uchinchi shaxs korxonaning ta’sis hujjatlari (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilsa);
16. Mulkni garovga beruvchi uchinchi jismoniy shaxs pasport nusxasi, uchinchi yuridik shaxs korxona direktori va bosh buxgalterining (mavjud bo‘lsa) pasport nusxasi (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilsa); 17. Davlat xizmatlari markazidan reestr va o‘zgarishlar yuzasidan ma’lumotnoma(lar) (so‘nggi 6 oy davomida DXMda qayta ro‘yxatdan o‘tish holatlari mavjud bo‘lganda)
18. Loyiha xususiyatidan kelib chiqib qo‘shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.
Kredit ta‘minoti sifatida kafillik taqdim etilganda:
1. 2. Kafil korxona ta‘sischilarining kafillik taqdim etish bo‘yicha roziligi; Kafil korxonaning (tegishli DSIga elektron shaklda taqdim etilgan) oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida xisoboti (Bank tomonidan 1 va 2-sonli shakllar DSI ma’lumotlar bazasidan elektron olingan hollar bundan mustasno);
3. Kafil korxonaning oxirgi davr uchun choraklik buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida xisoboti (Agar korxona oxirgi moliyaviy yildan so‘ng davlat ro‘yxatidan o‘tgan yoki oxirgi moliyaviy yildan so‘ng kredit mablag‘lari olgan bo‘lsa);
4. 5. Kafil korxonaning ta‘sis hujjatlari (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilsa); Kafil korxona direktori va bosh buxgalterining (agar mavjud bo‘lsa) pasport nusxasi (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilsa);
6. Kafil korxonaning Boshqa banklardagi hisobvaraq aylanmasi, kartoteka qarzdorligi to‘g‘risida ma’lumot;
Kredit mablag‘lari ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘lash uchun rasmiylashtirilganda qo‘shimcha tarzda quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:
1. Qarz oluvchi korxonaning 1T hisoboti.
2. Mahsulot pasportiga ilova qilingan hisobot formasi (qarz oluvchi korxona tomonidan tasdiqlangan holda).
3. Loyiha xususiyatidan kelib chiqib qo‘shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.
Kredit mablag’lari kredit qarzdorliklari qoldig‘ini sotib olish uchun rasmiylashtirilganda qo’shimcha tarzda quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:
1. Dastlabki kreditorning kredit yig’majildiga tikib qo‘yilgan barcha hujjatlarning nusxasi.
2. Dastlabki ajratilgan kreditning maqsadli ishlatilganligi to‘g’risida dalolatnoma nusxasi.
3. Dastlabki kreditor tomonidan ajratilgan kredit qarzdorligi to‘g‘risida ma’lumotnoma.
4. Loyiha xususiyatidan kelib chiqib qo‘shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.













