main-image
BUSINESS LOANS
Develop your business with us
SARMOYA krediti

BUSINESS LOANS
Develop your business with us

Choose deposit

SARMOYA krediti

yopiq kredit liniyasi orqali aylanma mablag‘lar va ish haqi to‘lovlarini moliyalashtirish

SARMOYA krediti
Step icon

28 mlrd UZS ekvivalentigacha

Kreditning maksimal miqdori

Step icon

18 oygacha

Kredit muddati

Step icon

6 oygacha

Imtiyoz muddati

Step icon

UZS, EUR, RUB, USD

Kredit valyutasi

Step icon

Mikro, kichik biznes uchun

Kimga to'g'ri keladi

Step icon

individual belgilanadi

Kredit stavkasi

Steps icon

Bankning oʻzingizga eng yaqin ofisini tanlang va maslahat oling

Steps icon

Kerakli hujjatlarni taqdim qiling

Steps icon

Hujjatlarni imzolang va joriy hisob raqamiga pul oling

Usefull to know
  • Shartlar
  • Mijozga qo‘yiladigan asosiy talablar
  • Kerakli hujjatlar
Kredit asosiy shartlari

Kredit maqsadi:

  • Aylanma mablag‘larni to‘ldirish

  • Ish haqi to‘lovlarini amalga oshirish

  • Valyuta:

  • milliy valyuta (so‘m)

  • xorijiy valyuta (AQSh dollari, yevro, rubl)

  • Muddati:

  • Asosiy yo‘nalish bo‘yicha — 18 oygacha

  • Ish haqi bo‘yicha — 45 kungacha

  • Imtiyozli davr:

    6 oygacha

    Foiz stavkasi:

    • Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan — yillik kamida 28 %

    • Jalb qilingan mablag‘lar hisobidan — “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimidagi yuridik shaxslar va YATTlar uchun kredit, faktoring va lizing stavkalariga kamida + 2 punkt

    Xorijiy valyutada:

    • “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimidagi kredit/faktoring/lizing stavkalaridan kam bo‘lmagan miqdorda

    Miqdori:

    28 mlrd so‘mgacha (ekvivalentda)

    Mahsulot bo‘yicha ta'minot:

  • Kredit summasining kamida 125% miqdorida mulkiy garov va/yoki pul mablag‘lari

  • Aloqador shaxslar uchun — 130%

  • Mulkiy garovi:

  • Ko‘chmas mulk — bank talablariga muvofiq

    • turar joy — 50 % diskont bilan

    • quyidagilar qabul qilinmaydi:
      — bozor hududidagi yengil konstruksiyali savdo do‘konlari
      — issiqxona kompleksi
      — parrandachilik kompleksi
      — bekatlar

    Avtotransport — ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan
    (ishlab chiqarilgan yil — birinchi yil hisoblanadi)

    Pul mablag‘lari — kredit valyutasida


  • Kreditni taqdim etish shakli:

  • Yetkazib beruvchi hisob raqamiga o‘tkazish

  • Ish haqi to‘lovlari uchun tranzit hisobvaraqlarga o‘tkazish

  • Naqd pul shaklida — chek daftarchasi orqali (10101-hisob)


  • Files
    Kredit shartnomasi

    Kredit shartnomasi

    Download
    DOWNLOAD
    1. Ustav fondi to‘liq shakllangan bo‘lishi (belgilangan istisnolar bundan mustasno).
    2. Kamida 12 oy davomida faoliyat yuritgan bo‘lishi.
    3. So‘nggi 6 oy davomida uzluksiz hisob aylanmasi mavjud bo‘lishi.
    4. Kredit yuklamasi — 50 % dan oshmasligi.
    5. Moliyaviy natijalar hisobotida (2-son shakl) — ijobiy ko‘rsatkich.
    6. O‘z aylanma mablag‘lari — musbat bo‘lishi.
    7. Muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi.
    8. Aloqador korxonalarda bank tizimida muddati o‘tgan kredit bo‘lmasligi.
    9. Kartoteka-2 bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi.
    10. KATM reytingi — 200 balldan kam bo‘lmasligi.
    11. So‘nggi 60 oy kredit tarixi:
    • 31–60 kun — ≤ 10 ta
    • 61–90 kun — ≤ 3 ta
    • 90+ kun — yo‘l qo‘yilmaydi

         12. “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimidagi kreditlari bo‘yicha:

    • asosiy qarz muddatini uzaytirish — ≤ 3 marta
    • foiz uzaytirish — ≤ 2 marta

          13. Qayta ko‘rib chiqilgan kreditlarda qoldiq bo‘lmasligi.

           14. Muddati uzaytirilgan foiz qarzdorligi bo‘lmasligi.

           15. Kollegial organ shartlarini buzish holatlari bo‘lmasligi.

           16. Ta’sischilar/direktorning jismoniy shaxs sifatida muddati o‘tgan krediti bo‘lmasligi.

            17. MIB bo‘yicha qarzdorliklar mavjud bo‘lmasligi.

            18. So‘nggi 3 yilda sud qarorlari bo‘lsa, bank rad etishi mumkin.

            19. Maqsadsiz foydalanish holatlari mavjud bo‘lmasligi.

            20. Yetkazib beruvchi bo‘yicha tekshiruv ijobiy bo‘lishi.

            21. TSOYAEAT bo‘yicha muddati o‘tgan debitorlik mavjud bo‘lmasligi.

            22. Kafil korxonalar (agar taqdim etilgan bo‘lsa) — barcha talablar bo‘yicha mos bo‘lishi.



    Kerakli hujjatlar

      Kredit mahsulotidan foydalanish uchun taqdim qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati:
    1. Ariza
    2. Qarz oluvchi korxonaning (tegishli DSIga elektron shaklda taqdim etilgan) oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti (Bank tomonidan 1 va 2-sonli shakllar DSI ma‘lumotlar bazasidan elektron olingan hollar hamda yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmay faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bundan mustasno);
    3. Oxirgi davr uchun choraklik buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti (mijoz moliyaviy faoliyat davri ushbu davrni qoplamagan holatlarda hisobot oyining 1 kuniga tayyorlangan tezkor buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti);
    4. Qarz oluvchi korxona ta‘sischilarining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kredit olish yuzasidan roziligi (xususiy korxonalar va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmay faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bundan mustasno);
    5. Yakka tartibdagi tadbirkor guvohnomasi va pasport nusxasi;
     6. Boshqa banklardagi hisobraqam aylanmasi (asosiy hisobvarag‘i boshqa bankda bo‘lgan holatlarda kartoteka-2 qarzdorligi ma’lumoti ham ) to‘g‘risida ma‘lumot
    7. Mahsulot oldi-sotdi yuzasidan rasmiylashtirilgan shartnomalar;
    8. Faoliyat joyi bilan bog‘liq (kadastr, ijara shartnomasi, e-auksion dalolatnomasi, hokim qarori va boshqa qonunchilikda ta’qiqlanmagan asoslantiruvchi) hujjatlar, faoliyat joyi talab etilmaydigan holatlar bundan mustasno;
    9. Garovga qo‘yuvchi uchinchi shaxs yoki Qarz oluvchi umumiy yig‘ilishining mulkni garovga taqdim etishga va undiruvni sudsiz tartibda garov mulkiga qaratishga roziligi;
    10. Garov obyekti bo‘yicha mustaqil baholovchi tashkilot hisoboti;
    11. Garov obyekti ko‘chmas mulk bo‘lgan taqdirda kadastr hujjati (ko‘chirma va kadastr pasporti). Shuningdek, еr uchastkasiga bo‘lgan huquq ijara bo‘lgan holatlarda ijara shartnomasi;
    12. Garov obyekti avtotransport vositalari bo‘lgan taqdirda transport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma (texnik pasport);
    13. Garov obyekti maxsus texnika bo‘lgan taqdirda maxsus texnikaning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;
    14. Mulkni garovga beruvchi qarz oluvchi/uchinchi shaxs (korxona) ta’sischilarining kredit ta’minoti sifatida mulkni garovga berish va undiruvni garov mulkiga suddan tashqari tartibda qaratish yuzasidan roziligi;
    15. Mulkni garovga beruvchi uchinchi shaxs korxonaning ta’sis hujjatlari (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilsa);
    16. Mulkni garovga beruvchi uchinchi jismoniy shaxs pasport nusxasi, uchinchi yuridik shaxs korxona direktori va bosh buxgalterining (mavjud bo‘lsa) pasport nusxasi (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilsa); 17. Davlat xizmatlari markazidan reestr va o‘zgarishlar yuzasidan ma’lumotnoma(lar) (so‘nggi 6 oy davomida DXMda qayta ro‘yxatdan o‘tish holatlari mavjud bo‘lganda)
    18. Loyiha xususiyatidan kelib chiqib qo‘shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.

    Kredit ta‘minoti sifatida kafillik taqdim etilganda:
    1. 2. Kafil korxona ta‘sischilarining kafillik taqdim etish bo‘yicha roziligi; Kafil korxonaning (tegishli DSIga elektron shaklda taqdim etilgan) oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida xisoboti (Bank tomonidan 1 va 2-sonli shakllar DSI ma’lumotlar bazasidan elektron olingan hollar bundan mustasno);
    3. Kafil korxonaning oxirgi davr uchun choraklik buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida xisoboti (Agar korxona oxirgi moliyaviy yildan so‘ng davlat ro‘yxatidan o‘tgan yoki oxirgi moliyaviy yildan so‘ng kredit mablag‘lari olgan bo‘lsa);
    4. 5. Kafil korxonaning ta‘sis hujjatlari (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilsa); Kafil korxona direktori va bosh buxgalterining (agar mavjud bo‘lsa) pasport nusxasi (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilsa);
    6. Kafil korxonaning Boshqa banklardagi hisobvaraq aylanmasi, kartoteka qarzdorligi to‘g‘risida ma’lumot;

    Kredit mablag‘lari ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘lash uchun rasmiylashtirilganda qo‘shimcha tarzda quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:
    1. Qarz oluvchi korxonaning 1T hisoboti.
    2. Mahsulot pasportiga ilova qilingan hisobot formasi (qarz oluvchi korxona tomonidan tasdiqlangan holda).
    3. Loyiha xususiyatidan kelib chiqib qo‘shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.

    Kredit mablag’lari kredit qarzdorliklari qoldig‘ini sotib olish uchun rasmiylashtirilganda qo’shimcha tarzda quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:
    1. Dastlabki kreditorning kredit yig’majildiga tikib qo‘yilgan barcha hujjatlarning nusxasi.
    2. Dastlabki ajratilgan kreditning maqsadli ishlatilganligi to‘g’risida dalolatnoma nusxasi.
    3. Dastlabki kreditor tomonidan ajratilgan kredit qarzdorligi to‘g‘risida ma’lumotnoma.
    4. Loyiha xususiyatidan kelib chiqib qo‘shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.

    SQB BUSINESS
    SQB BUSINESS

    Manage your own business from the comfort of your home

    Read more
    Deposits
    Deposits

    Open high yielding deposits for extra profits

    Read more
    Cross-border transfers
    Cross-border transfers

    Transfer money quickly and securely around the world

    Read more
    Business cards
    Business cards

    A convenient way to pay for all your business expenses

    Read more
     Salary project
    Salary project

    Credit salaries to your employees' cards, minimising risk

    Read more
    Merchant acquiring
    Merchant acquiring

    Expand the pool of potential customers for business development

    Read more
    Business loans
    Business loans

    Attractive loan products for business creation and development

    Read more
    up
    DEMO
    close
    Давайте поговорим!
    DEMO
    AI (SQB Assistant) -
    в тестовом режиме
    close
    Здравствуйте!
    Чем могу помочь?
    headphone
    close
    headphone
    arrow-left
    Недавние чаты
    close
    История
    FAQ
    Сегодня
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    Сегодня
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    Сегодня
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    logo