Korporativ mijozlarga kompleks hisob-kitob va kassa xizmatlari (HKK) “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB faoliyatining asosiy yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Bankimizda ochilgan hisob-raqam - bu yuqori darajadagi professional xizmat boʻlib, har bir korporativ mijozning biznes xususiyatlarini hisobga oladi. Bank yetakchi oʻzbek va xorijiy kredit tashkilotlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri korrespondentlik aloqalariga ega.
Bank mijozlar uchun koʻrsatiladigan hisob-kitob-kassa xizmatlari soxasida faol ish olib bormoqda, mijozlar bazasini kengaytirishga katta eʼtibor qaratib, bankda hisob-raqami boʻlgan korxona va kompaniyalarga bank mahsulotlarining keng turlarini taklif qilmoqda.
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB banklararo kreditlar bozorida faol ishtirok etib, oʻz faoliyatini doimiy ravishda qisqa muddatli banklararo kreditlarni jalb qilish va joylashtirish bilan amalga oshiradi.
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar (yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xoʻjaliklari) hisoblangan rezidentlar uchun:
Xoʻjalik yurituvchi subyekt boʻlmagan yuridik shaxslarning rezidentlari, shuningdek byudjetdan mablagʻ oladigan tashkilotlar uchun: