Bugungi kunda jiddiy ekologik muammolardan biri cho'llanish, yerlarning degradatsiyasi va qurg'oqchilik hisoblanadi, bu darhol e'tibor va barqaror yechimlarni talab qiladi. Barcha yerlarning deyarli 40 foizi allaqachon tanazzulga uchragan. Sog'lom yer bizga nafaqat oziq-ovqat, balki kiyim-kechak, uy-joy, ish va yashash vositalari bilan ta'minlaydi. Shuningdek, u qurg'oqchilik, toshqin va yong'inlardan himoya qiladi. Aholining o'sishi va barqaror rivojlanish maqsadlariga mos bo'lmagan ishlab chiqarish usullari tabiiy resurslarga bo'lgan ehtiyojni oshiradi, bu esa yerning degradatsiyasiga va majburiy migratsiyaga olib keladi.

Sayyoramizning 8 milliard aholisidan 25 yoshgacha bo'lgan milliarddan ortiq yoshlar rivojlanayotgan mamlakatlarda, birinchi navbatda, hayot to'g'ridan-to'g'ri yer resurslariga bog'liq bo'lgan mintaqalarda yashaydi. Qishloq aholisi uchun ish o'rinlarini yaratish bu - yoshlarga ekologik tadbirkorlik imkoniyatlaridan foydalanish va shu bilan birga ilg'or tajribalardan kengroq foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib beruvchi istiqbolli yechimdir.

Dunyo bo'ylab milliardlab odamlarga barqarorlik va farovonlikni ta'minlash yo’lida yer resurslaridan oqilona foydalanish va hududlarni samarali boshqarish eng muhim omillaridir, shu sababli undan foydalanish va himoya qilish kabi barqaror yondashuvlarni ishlab chiqish muhim hisoblanadi.




Last updated date: 20.06.2024 15:20  
up