All Credits
2024-yil 17-oktabr kuni Quyosh energiyasi institutida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) va banklar, jumladan, "O'zsanoatqurilishbank"ATB vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Tadbirning asosiy maqsadi “UZEEF” (Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish) loyihasi doirasida Jahon bankining kredit liniyalari va “GEFF” (Yashil iqtisodiyotni moliyalashtirish) loyihasi doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining kredit liniyalari bilan ishlash tajribasini o‘rganishdan iborat bo‘ldi. Bu o’z navbatida, energiya samaradorligi sohasida yangi loyihalarni amalga oshirish uchun ilg'or tajribalarni moslashtirish imkonini beradi.
Yig‘ilishda kreditlar berish shartlari muhokama qilinib, JICA tomonidan moliyalashtirish energiya tejamkor texnologiyalarni sanoatda ham, qurilishda ham joriy etish uchun qulay va foydali bo‘lishi ta’kidlandi.
JICA bilan hamkorlik energiya tejash bo'yicha innovatsion yechimlarni ishlab chiqish va qo'llash uchun yangi zamin yaratadi, bu esa iqtisodiy o'sishga va fuqarolarning hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi.
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB energiya samaradorligini oshirish amaliyotini joriy etish va mahalliy korxonalarni barqaror ishlash usullariga o‘tishda qo‘llab-quvvatlashga intiladi.
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB umumiy maqsad – energiya tejaydigan va barqaror iqtisodiyotni yaratish sari birgalikda harakat qilish uchun boshqa ishtirokchilar va manfaatdor tomonlar bilan muloqot va tajriba almashishni davom ettirishga tayyor.