
O`zbekiston bo`ylab bank operatsiyalari va onlayn to`lovlarning to`liq spektriga ega universal karta
UZCARD kartasi – NFC texnologiyasidan foydalangan holda kontaktsiz to‘lovni qo‘llab-quvvatlaydigan yangi bo‘rttirma UZCARD. “O‘zsanoatqurilishbank” ATB mazkur plastik kartochkalarni yuridik va jismoniy shaxslarga taklif etadi. Pensiya yoki ish haqini plastik kartochkalarga o‘tkazish bilan sizga naqd pul olib yurishga hojat qolmaydi, shuningdek, mablag‘larning xavfsizligini va o‘zaro hisob-kitoblarning to‘g‘riligini ta’minlaydi.
UZCARD kartalari ish haqi va pensiya to‘lovlari uchun bepul taqdim etiladi.
Tijorat va xizmat ko‘rsatish korxonalarida, shuningdek, bank muassasalarida UZCARD kartalaridan foydalangan holda debet operatsiyalarini amalga oshirishda komissiya olinmaydi.
UZCARD kartasining afzalliklari:
Tijorat va virtual terminallar orqali to'lash uchun ikkita interfeysli kartalar (bir vaqtning o'zida kontaktli va kontaktsiz).
Bank kassalarida va bankomatlar orqali naqd pul olish (faqat jismoniy shaxslarning kartalari bilan)
Ko'pgina mobil ilovalar, jumladan SQB Mobile ilovasi orqali kartadan kartaga pul o'tkazish
Yuqori xavfsizlik
Ko'zi ojiz fuqarolar uchun ramzlarning bo'rttirma belgilarining mavjudligi
| UZCARD kartasining asosiy tariflari | Narxi |
|---|---|
| Kartani umumiy shartlarda ochish | 50 000 so‘m, QQS bilan |
| Kartani SQB Mobile orqali ochish | 25 000 so‘m, QQS bilan |
| Ish haqi, pensiya, ijtimoiy to‘lov yoki stipendiya olish uchun kartani birinchi marta ochish | Bepul |
| Kartaga xizmat ko‘rsatish | Bepul |
| SQB kassalari orqali kartani naqd pul bilan to‘ldirish | Bepul |
| Karta orqali tovar va xizmatlar uchun to‘lov | Bepul |
| SQB Mobile orqali SQB UZCARD kartasidan SQBning Uzcard va Humo kartalariga o‘tkazma | Summaning 0,5%i |
| SQB Mobile orqali SQB UZCARD kartasidan SQBning xalqaro kartalariga o‘tkazma | Bepul |
| SQB Mobile orqali SQB UZCARD kartasidan boshqa banklarning Uzcard va Humo kartalariga o‘tkazma | Summaning 0,5%i |

