Hurmatli mijozlar va hamkorlar!
Bank Boshqaruvining 2024-yil 25-noyabrdagi 680-sonli qaroriga asosan, investitsion faoliyatni samarali tashkil etish maqsadida “SQB Ventures” MCHJ tashkil etildi. Ushbu tashkilot doirasida Investitsiya qo‘mitasi shakllantirilmoqda va uning tarkibiga ikkita mustaqil a’zo jalb qilinadi.
- Investitsion qarorlarni qabul qilishda ishtirok etish
- Loyihalarni tahlil qilish va ekspert bahosini berish
- Strategik qarorlarni muvofiqlashtirishga ko‘maklashish
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
Xalqaro va/yoki mahalliy darajadagi yetakchi mutaxassis bo‘lish
Bank, moliya, HR, IT yoki fintech sohasida kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish
Oliy ma’lumotga ega bo‘lish
Strategik fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lish
Investitsion jarayonlar va moliyaviy tahlil bo‘yicha chuqur bilimlarga ega bo‘lish
Korporativ boshqaruv va risklarni baholash bo‘yicha tajribaga ega bo‘lish
Biz taklif qilamiz:
Investitsion qarorlarni qabul qilish jarayonida ishtirok etish
O‘zbekistonning yetakchi moliyaviy institutlaridan biri bilan hamkorlik
Keng ekspert tarmog‘ida ishlash imkoniyati
Yangi tajriba orttirish va istiqbolli loyihalarda ishtirok etish
Rezyume va tavsiyanoma xatini quyidagi elektron manzilga yuborishingizni so‘raymiz: mtuxtasinov@sqb.uz
Hurmatli mijozlar! Ma’lum qilamizki, Andijon va Buxoro bank xizmatlari ofislari mustaqil tarkibiy b ...
Hurmatli mijozlar! Agar moliyaviy qiyinchiliklar, murakkab hayoti ...
Hurmatli mijozlar! Xabar beramizki, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan o‘rta biznes subyektlari ...

