Hurmatli mijozlar!
UZCARD to‘lov tizimi “Omad mavsumi” keng ko‘lamli aksiyasini davom ettirib, umumiy sovrin jamg‘armasi 1 milliard so‘m bo‘lgan ikkinchi mavsumni boshlayotganini ma’lum qilamiz.
Aksiyada ishtirok etish uchun 2025-yil 1-noyabrdan 2026-yil 31-yanvargacha UZCARD kartasi orqali 50 000 so‘mdan boshlab onlayn amaliyotlarni amalga oshirishingiz kifoya.
Har bir 50 000 so‘mdan yuqori to‘lov sizga yutuq uchun imkoniyatlar beradi:
– 3 ta imkoniyat — kommunal xizmatlarni onlayn to‘lash uchun;
– 2 ta imkoniyat — UZCARD kartalari o‘rtasidagi o‘tkazmalar uchun;
– 1 ta imkoniyat — onlayn xaridlar va Tez QR orqali to‘lovlar uchun.
Agar sizda hali UZCARD kartasi bo‘lmasa, uni SQBning eng yaqin ofisida rasmiylashtirishingiz mumkin.
Ikkinchi mavsum doirasida quyidagi sovrinlar o‘ynaladi:
– har oy: 25 mln so‘mdan 2 ta va 100 mln so‘mdan 2 ta sertifikat;
– mavsum finalida (15 ta va undan ortiq imkoniyat to‘plagan ishtirokchilar orasida): 50 mln so‘m va 200 mln so‘m sertifikatlar.
Batafsil ma’lumotni UZCARDning rasmiy manbalaridan, promo.uzcard.uz platformasidan va SQB filiallaridan olishingiz mumkin.
Hurmatli mijozlar! Sizga shuni ma’lum qilamizki, 2026-yil 25-iyundan boshlab UZCARD Moment (Instant ...
Ijtimoiy tarmoqlarda Marg‘ilon shahridagi Kombinat bozori hududida o‘rnatilgan O‘zsanoatqurilishbankning 24/7 xiz ...
Hurmatli mijozlar! Ma’lum qilamizki, "Green Deposit" va "Yevro" omonatlari bo‘yicha yangi hisobvara ...

