E'lonlar

UZCARD kartalari egalari uchun “Omad mavsumi” aksiyasining ikkinchi mavsumi


14.11.2025 11:03

Hurmatli mijozlar!

UZCARD to‘lov tizimi “Omad mavsumi” keng ko‘lamli aksiyasini davom ettirib, umumiy sovrin jamg‘armasi 1 milliard so‘m bo‘lgan ikkinchi mavsumni boshlayotganini ma’lum qilamiz.

Aksiyada ishtirok etish uchun 2025-yil 1-noyabrdan 2026-yil 31-yanvargacha UZCARD kartasi orqali 50 000 so‘mdan boshlab onlayn amaliyotlarni amalga oshirishingiz kifoya.

Har bir 50 000 so‘mdan yuqori to‘lov sizga yutuq uchun imkoniyatlar beradi:

– 3 ta imkoniyat — kommunal xizmatlarni onlayn to‘lash uchun;
– 2 ta imkoniyat — UZCARD kartalari o‘rtasidagi o‘tkazmalar uchun;
– 1 ta imkoniyat — onlayn xaridlar va Tez QR orqali to‘lovlar uchun.

Agar sizda hali UZCARD kartasi bo‘lmasa, uni SQBning eng yaqin ofisida rasmiylashtirishingiz mumkin.

Ikkinchi mavsum doirasida quyidagi sovrinlar o‘ynaladi:
– har oy: 25 mln so‘mdan 2 ta va 100 mln so‘mdan 2 ta sertifikat;
– mavsum finalida (15 ta va undan ortiq imkoniyat to‘plagan ishtirokchilar orasida): 50 mln so‘m va 200 mln so‘m sertifikatlar.

Batafsil ma’lumotni UZCARDning rasmiy manbalaridan, promo.uzcard.uz platformasidan va SQB filiallaridan olishingiz mumkin.





Другие новости

16.10.2026 17:42:26
SQBda rejali texnik ishlar o‘tkaziladi

Hurmatli mijozlar! 2026-yil 16-oktabr kuni soat 23:00 dan 17-oktabr kuni soat 02:00 ga qadar “O‘zsanoatquri ...

15.10.2026 16:57:29
“Tayanch ipoteka” va “Eksport” kredit mahsulotlari shartlari yangilandi

Hurmatli mijozlar! Amaldagi kredit mahsulotlari shartlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilga ...

14.10.2026 18:21:33
SQBda texnik yangilash ishlari o‘tkaziladi

Hurmatli mijozlar! Joriy yil 15-oktyabr kuni soat 03:00 dan 13:00 ga qadar O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning ...


Дата последнего обновления: 14.11.2025 11:04  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send