• Main
  • Press-center
  • UZCARD’ning «Omad mavsumi 2.0» aksiyasida sovrinlarni yutib oling

UZCARD’ning «Omad mavsumi 2.0» aksiyasida sovrinlarni yutib oling


14.09.2026 12:44

Hurmatli mijozlar!

UZCARD to‘lov tizimi barcha karta egalarini, jumladan, SQB tomonidan chiqarilgan UZCARD kartalari egalarini «Omad mavsumi 2.0» aksiyasida ishtirok etishga taklif qiladi. Aksiya 2026-yil 4-sentabrdan 30-noyabrgacha davom etadi.

Aksiya ishtirokchisiga aylanish uchun UZCARD kartasi orqali kamida 100 000 so‘mlik operatsiyani amalga oshiring va yutuq uchun imkoniyatlarga ega bo‘ling:

  • onlayn to‘lov — 1 ta imkoniyat;
  • kartadan kartaga pul o‘tkazish — 2 ta imkoniyat;
  • Tez QR orqali to‘lov — 3 ta imkoniyat.

SQB tomonidan chiqarilgan UZCARD kartalari orqali onlayn to‘lovlar va pul o‘tkazmalarini SQB Mobile mobil ilovasida qulay tarzda amalga oshirishingiz mumkin. Qancha ko‘p operatsiya bajarsangiz, yutish imkoniyatingiz shuncha ortadi.

To‘plangan imkoniyatlar sonini Telegram’dagi @CardXabarBot orqali tekshirishingiz mumkin. G‘oliblar har ikki haftada televideniyeda o‘tkaziladigan sovrinli o‘yinlar doirasida aniqlanadi.

Aksiyaning sovrin jamg‘armasi:

  • 12 ta Apple iPhone 17 Pro 256 GB smartfoni;
  • 3 ta BYD Yuan Up elektromobili;
  • 3 ta maishiy texnika to‘plami;
  • har biri 25 000 000 so‘mlik 12 ta pul mukofoti.

Hali UZCARD kartangiz yo‘qmi? Uni SQB Mobile mobil ilovasida yoki Bankning eng yaqin ofisida rasmiylashtiring, odatiy to‘lovlarni amalga oshiring va qimmatbaho sovrinlarni yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ling!

Aksiyaning batafsil shartlari bilan UZCARD rasmiy saytida tanishishingiz mumkin.





09/14/2026 04:26:25 pm
Bank xizmatlari tariflaridagi o‘zgarishlar

Hurmatli mijozlar! Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun bank xizmatlari tariflar ...

09/14/2026 12:38:55 pm
Sergeli bank xizmatlari markazida kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish tartibi o‘zgaradi

Sergeli bank xizmatlari markazida kommunal va boshqa bir martalik to‘lovlar faqat quyidagi qurilmalar orqali qabu ...

09/11/2026 03:30:33 pm
«Refinans» krediti shartlari yangilandi

Hurmatli mijozlar! Mikro va kichik biznes subyektlari uchun «Refinans» krediti shartlari yangilanga ...


Last updated date: 14.09.2026 17:50  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
close
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит