E'lonlar

UZCARD’ning «Omad mavsumi 2.0» aksiyasida sovrinlarni yutib oling


14.09.2026 12:44

Hurmatli mijozlar!

UZCARD to‘lov tizimi barcha karta egalarini, jumladan, SQB tomonidan chiqarilgan UZCARD kartalari egalarini «Omad mavsumi 2.0» aksiyasida ishtirok etishga taklif qiladi. Aksiya 2026-yil 4-sentabrdan 30-noyabrgacha davom etadi.

Aksiya ishtirokchisiga aylanish uchun UZCARD kartasi orqali kamida 100 000 so‘mlik operatsiyani amalga oshiring va yutuq uchun imkoniyatlarga ega bo‘ling:

  • onlayn to‘lov — 1 ta imkoniyat;
  • kartadan kartaga pul o‘tkazish — 2 ta imkoniyat;
  • Tez QR orqali to‘lov — 3 ta imkoniyat.

SQB tomonidan chiqarilgan UZCARD kartalari orqali onlayn to‘lovlar va pul o‘tkazmalarini SQB Mobile mobil ilovasida qulay tarzda amalga oshirishingiz mumkin. Qancha ko‘p operatsiya bajarsangiz, yutish imkoniyatingiz shuncha ortadi.

To‘plangan imkoniyatlar sonini Telegram’dagi @CardXabarBot orqali tekshirishingiz mumkin. G‘oliblar har ikki haftada televideniyeda o‘tkaziladigan sovrinli o‘yinlar doirasida aniqlanadi.

Aksiyaning sovrin jamg‘armasi:

  • 12 ta Apple iPhone 17 Pro 256 GB smartfoni;
  • 3 ta BYD Yuan Up elektromobili;
  • 3 ta maishiy texnika to‘plami;
  • har biri 25 000 000 so‘mlik 12 ta pul mukofoti.

Hali UZCARD kartangiz yo‘qmi? Uni SQB Mobile mobil ilovasida yoki Bankning eng yaqin ofisida rasmiylashtiring, odatiy to‘lovlarni amalga oshiring va qimmatbaho sovrinlarni yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ling!

Aksiyaning batafsil shartlari bilan UZCARD rasmiy saytida tanishishingiz mumkin.





Другие новости

22.10.2026 16:30:06
SQB kredit mahsulotlari shartlariga o‘zgartirishlar kiritildi

Hurmatli mijozlar! Quyidagi kredit mahsulotlari shartlari yangilanganini ma’lum qilamiz: ...

22.10.2026 12:33:11
SQBning ayrim bankomatlarida profilaktik tekshiruvlar olib borilmoqda

Profilaktik tekshiruvlar sababli quyidagi manzillarda joylashgan SQB bankomatlari vaqtincha xizmat ko‘rsatmayapti ...

21.10.2026 15:20:23
Mikro va kichik biznes uchun yangi “Mobil biznes” krediti

Hurmatli mijozlar! Tayyor savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarini xarid qilish, tadbirkorlikni rivoj ...


Дата последнего обновления: 14.09.2026 17:50  
up