
Davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash hamda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan manzilli ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Toshkent shahrining Uchtepa tumanida O‘zsanoatqurilishbank tomonidan fuqarolarning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun zarur moliyaviy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
Xususan, Nurobod mahallasi fuqarosi Orolov Oloviddinga 45 million so‘m miqdorida kredit mablag‘i ajratilib, ushbu mablag‘ hisobidan “Angel Kids” bolalar kiyimlari do‘koni tashkil etildi.
Mazkur loyiha natijasida tadbirkorning doimiy bandligi ta’minlanishi bilan birga, mahalladagi 2 nafar ishsiz fuqaro ham yangi ish o‘rni bilan ta’minlandi.
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan joylarda tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, yangi biznes loyihalarni moliyalashtirish hamda aholi daromadlarini oshirishga xizmat qiluvchi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Bir tadbirkorning kiçik oilaviy biznesi bugun 35 kişi mehnat qilayotgan korxonaga aylangan. Boşqasi esa 15 millio ...
“Özsanoatqurilişbank” ATB Boşqaruvi taşabbusibilan Surxondaryo viloyatining Termiz şahrida tadbirkorlar iştirokida oçiq ...
Toshkent viloyatida O‘zsanoatqurilishbank mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqaro B.M. o‘z bizne ...
