• Main
  • Press-center
  • Qo‘ng‘irotda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot: murojaatlar va amaliy yechimlar

Qo‘ng‘irotda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot: murojaatlar va amaliy yechimlar


11.09.2026 10:31

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanida tadbirkorlarning murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni hal etish va biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ochiq muloqot tashkil etildi.

Unda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruv raisi hamda Qo‘ng‘irot tumani hokimi ishtirok etib, hudud tadbirkorlari bilan yuzma-yuz muloqot qildi.
image (5).png
Uchrashuvda jami 61 nafar tadbirkor qatnashib, 34 ta murojaat bildirildi. Ularning 19 tasi joyida ijobiy hal etildi. Qolgan 15 ta murojaat bo‘yicha esa tegishli mas’ullar tomonidan ishlar davom ettirilmoqda.
Muloqot davomida tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini kengaytirish, istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish, hududga investitsiyalarni jalb qilish hamda yangi doimiy ish o‘rinlarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, tadbirkorlar faoliyatida uchrayotgan muammolar tinglanib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar muhokama qilindi.

Bunday ochiq muloqotlar tadbirkorlarning taklif va tashabbuslarini bevosita o‘rganish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda muammolarga yechim topish hamda biznes uchun qulay sharoitlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, ularning loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish va hududlarda iqtisodiy faollikni oshirishga qaratilgan ishlarni davom ettiradi.



Other news

11/10/2026 04:40:10 pm
SQB: MAHALLADAGI TAŞABBUSDAN BARQAROR DAROMADGAÇA

Bir tadbirkorning kiçik oilaviy biznesi bugun 35 kişi mehnat qilayotgan korxonaga aylangan. Boşqasi esa 15 millio ...

11/10/2026 04:40:09 pm
Tadbirkorlar bilan uçraşuvlar davom etmoqda

“Özsanoatqurilişbank” ATB Boşqaruvi taşabbusibilan Surxondaryo viloyatining Termiz şahrida tadbirkorlar iştirokida oçiq ...

11/10/2026 04:40:08 pm
Murojaatdan amaliy yechimga: SQBda aholi bilan muloqot qanday yo‘lga qo‘yilgan?

Toshkent viloyatida O‘zsanoatqurilishbank mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqaro B.M. o‘z bizne ...


Last updated date: 10.11.2026 16:52  
up