
Oʻzsanoatqurilishbank rahbariyati Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi Xo‘jgi, Mehriobod, Sherobod va Istiqbol mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘lib, tadbirkorlar hamda fuqarolar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazdi.
Uchrashuvlar davomida hududda yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda mavjud biznes loyihalarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bank rahbariyati tomonidan fuqarolar va tadbirkorlarning murojaatlari tinglanib, ularning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, imtiyozli moliyalashtirish imkoniyatlari, kredit mahsulotlari hamda bank xizmatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha batafsil tushuntirish va amaliy tavsiyalar berildi.
Shuningdek, istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish, yangi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish orqali qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish yuzasidan manzilli vazifalar belgilandi.
Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, aholi daromadlarini oshirish va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan manzilli ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Bir tadbirkorning kiçik oilaviy biznesi bugun 35 kişi mehnat qilayotgan korxonaga aylangan. Boşqasi esa 15 millio ...
“Özsanoatqurilişbank” ATB Boşqaruvi taşabbusibilan Surxondaryo viloyatining Termiz şahrida tadbirkorlar iştirokida oçiq ...
Toshkent viloyatida O‘zsanoatqurilishbank mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqaro B.M. o‘z bizne ...
