• Main
  • Press-center
  • Chakana biznes yo‘nalishlarini samarali boshqarish, mijozlar bilan ishlash va ba

Chakana biznes yo‘nalishlarini samarali boshqarish, mijozlar bilan ishlash va bank xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha tajribaga ega Sergili BXM Boshqaruvchi o’rinbosarini jamoamizga taklif qilamiz.


15.10.2026 06:36

Asosiy vazifalar:

• Sergili BXM faoliyatini Chakana biznes yo‘nalishi bo‘yicha tashkil etish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish.

• Bank tomonidan belgilangan biznes rejalar va topshiriqlarning bajarilishini ta’minlash.

• Xodimlarga Chakana biznes reja ko‘rsatkichlariga erishish bo‘yicha topshiriqlar berish, amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish.

• Mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlaridagi muammo va kamchiliklarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish.

• Jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar, shu jumladan muammoli kreditlar bo‘yicha tahlillar o‘tkazish.

• Mijozlarning murojaatlari, e’tirozlari va takliflarini o‘rganish hamda xizmat sifatini oshirish choralarini ko‘rish.

• Kassa ishi va naqd pul muomalasi holatini nazorat qilish.

• Aholining naqd pulga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘z vaqtida qondirishni ta’minlash.

• BXM faoliyati bo‘yicha rahbariyatga tegishli hisobot va takliflar kiritish.


Talablar:

• Oliy ma’lumot.

• Bank sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi.

• Bank faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik va Markaziy bankning normativ-huquqiy hujjatlari bo‘yicha bilim.

• Bankning ichki hujjatlari, kassa amaliyotlari va dasturiy ta’minotlar bilan ishlash ko‘nikmasi.

• Mas’uliyatlilik, qat’iyatlilik va kommunikativlik.

• O‘zbek va rus tillarini bilish.

• Xizmat safarlariga tayyorlik.


Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 20.10.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.







Other news

10/19/2026 04:58:48 pm
SQB Mikro va kichik biznes departamentining Biznesni rivojlantirish xizmati katta menejer lavozimiga nomzodlarni taklif qiladi.

Asosiy vazifalar: • Mikro va kichik biznes mijozlarini faol jalb qilish, mijozlar bazasini kengayti ...

10/19/2026 04:57:47 pm
SQB Ijroni boshqarish va rivojlantirishni tahlil qilish departamentining Devonxona xizmati ish yurituvchi lavozimiga nomzodlarni taklif qiladi.

Asosiy vazifalar: • Bankka kelib tushadigan hujjat va yozishmalarni, jumladan davlat organlari, Markaziy bank va b ...


Last updated date: 19.10.2026 14:58  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
close
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит