“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Moliya institutlari va investorlar bilan ishlash departamenti Xorijiy resurslarni jalb qilish xizmati Yetakchi menejer lavozimiga nomzodlarni ishga taklif etadi
28.09.2026 11:15
Asosiy vazifalar:
• xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklar bilan hamkorlikni rivojlantirish;
• xorijiy kredit liniyalari va boshqa moliyaviy resurslarni jalb qilish;
• xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklar bilan uchrashuv va muzokaralarda ishtirok etish;
• xorijiy kredit liniyalarini jalb qilish bo‘yicha shartnomalar va zarur hujjatlarni tayyorlash;
• xorijiy kredit liniyalari mablag‘laridan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish jarayonlarini monitoring qilish;
• xorijiy hamkorlarga hisobot va tegishli ma’lumotlarni taqdim etish;
• xalqaro moliya institutlarining savdoni moliyalashtirish dasturlari doirasida kredit kafolatlari va limitlar hisobini yuritish;
• xorijiy resurslarni jalb qilish va moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
• oliy ma’lumot;
• bank tizimida kamida 3 yillik ish staji;
• xalqaro moliya institutlari, xorijiy banklar yoki moliyaviy resurslarni jalb qilish yo‘nalishida tajriba;
• muzokaralar olib borish va ishbilarmonlik yozishmalarini yuritish ko‘nikmalari;
• analitik fikrlash va hujjatlar bilan ishlash qobiliyati;
• o‘zbek va rus tillarini bilish;
• ingliz tilini bilish — afzallik.
Ish joyi: Toshkent shahri
Rezyumelarni quyidagi elektron manzilga yuborishingiz mumkin:
hr@sqb.uz

75