Bo'sh ish o'rinlari

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Moliya institutlari va investorlar bilan ishlash departamenti Xorijiy resurslarni jalb qilish xizmati Yetakchi menejer lavozimiga nomzodlarni ishga taklif etadi


28.09.2026 11:15

Asosiy vazifalar: • xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklar bilan hamkorlikni rivojlantirish; • xorijiy kredit liniyalari va boshqa moliyaviy resurslarni jalb qilish; • xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklar bilan uchrashuv va muzokaralarda ishtirok etish; • xorijiy kredit liniyalarini jalb qilish bo‘yicha shartnomalar va zarur hujjatlarni tayyorlash; • xorijiy kredit liniyalari mablag‘laridan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish jarayonlarini monitoring qilish; • xorijiy hamkorlarga hisobot va tegishli ma’lumotlarni taqdim etish; • xalqaro moliya institutlarining savdoni moliyalashtirish dasturlari doirasida kredit kafolatlari va limitlar hisobini yuritish; • xorijiy resurslarni jalb qilish va moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. Nomzodga qo‘yiladigan talablar: • oliy ma’lumot; • bank tizimida kamida 3 yillik ish staji; • xalqaro moliya institutlari, xorijiy banklar yoki moliyaviy resurslarni jalb qilish yo‘nalishida tajriba; • muzokaralar olib borish va ishbilarmonlik yozishmalarini yuritish ko‘nikmalari; • analitik fikrlash va hujjatlar bilan ishlash qobiliyati; • o‘zbek va rus tillarini bilish; • ingliz tilini bilish — afzallik. Ish joyi: Toshkent shahri Rezyumelarni quyidagi elektron manzilga yuborishingiz mumkin: hr@sqb.uz



Другие новости

29.09.2026 16:56:10
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Karvon Bozor 2-toifali bank xizmatlari markazi rahbari lavozimiga ishga taklif qiladi

Asosiy vazifalar: bank xizmatlari markazining kundalik faoliyatini boshqarish, moliyaviy ...

29.09.2026 16:33:07
SQB Olmazor BXM Katta mijoz menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif etadi.

Agar siz mijozlar bilan ishlash, bank mahsulotlarini sotish va chakana biznesni rivojlantirish bo‘yicha tajribaga ega bo ...


Дата последнего обновления: 28.09.2026 16:16  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send