Bo'sh ish o'rinlari

SQB shartnoma majburiyatlari monitoringi bo‘yicha menejer lavozimiga nomzodlarni taklif etadi


06.10.2026 06:52

Bo‘linma: Xaridlarni tashkil etish va monitoring departamenti.

Asosiy vazifalar:

  • Tovarlar, ishlar va xizmatlarni xarid qilish bo‘yicha shartnomalar hamda tegishli hujjatlarni tekshirish va kelishish;

  • Shartnoma majburiyatlari ijrosini monitoring qilish va yetkazib beruvchilar hamda ijrochilar bilan hamkorlik qilish;

  • Tovarlarning shartnoma shartlariga muvofiq va o‘z vaqtida yetkazib berilishini nazorat qilish;

  • Shartnoma majburiyatlari buzilganda penya va zakalat mablag‘larini undirish bo‘yicha choralar ko‘rish;

  • Debitorlik qarzdorligini monitoring qilish va uni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rish;

  • Shartnomalar reyestrini shakllantirish va yuritish;

  • Davlat xaridlari elektron tizimida shartnomalar ijrosiga oid hujjatlarni rasmiylashtirish va mas’ul bo‘linmalarga taqdim etish;

  • Bank rahbariyati va vakolatli tashkilotlar uchun hisobotlarni tayyorlash.

Talablar:

  • Oliy iqtisodiy ma’lumot;

  • Bank-moliya sohasida kamida 2 yillik ish tajribasi;

  • Shartnomalar bilan ishlash, bank operatsiyalari va xarid jarayonlari bo‘yicha bilimlar;

  • O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va Bankning ichki me’yoriy hujjatlarini bilish;

  • Tahliliy fikrlash, mas’uliyatlilik va hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmalari.

Rezyumelarni hr@sqb.uz elektron manziliga yuborishingiz mumkin.





Другие новости

22.10.2026 10:22:49
SQB bank xizmatlari ofisi nazoratchisi (bosh buxgalteri) lavozimiga nomzodlarni taklif etadi

Ish joyi: Toshkent viloyati. Asosiy vazifalar: Bank operatsiyalarining ...

21.10.2026 16:46:52
SQB Farg'ona BXO, Sirdaryo BXO va Kirguli BXMlariga biznes bo‘yicha boshqaruvchi o‘rinbosari lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Biznes yo‘nalishlarini samarali boshqarish, mijozlar bilan ishlash va bank xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha tajribag ...

21.10.2026 16:46:27
SQB Yashnobod bank xizmatlari markazi Xizmat ko‘rsatish amaliyotlarini muvofiqlashtirish guruhi Hamkorlik menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Hamkorlik tarmog‘ini rivojlantirish, yangi mijozlar va hamkorlarni jalb qilish, bank mahsulotlari savdosini oshirish ham ...


Дата последнего обновления: 22.10.2026 11:52  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send