Bo‘linma: Xaridlarni tashkil etish va monitoring departamenti.
Asosiy vazifalar:
Tovarlar, ishlar va xizmatlarni xarid qilish bo‘yicha shartnomalar hamda tegishli hujjatlarni tekshirish va kelishish;
Shartnoma majburiyatlari ijrosini monitoring qilish va yetkazib beruvchilar hamda ijrochilar bilan hamkorlik qilish;
Tovarlarning shartnoma shartlariga muvofiq va o‘z vaqtida yetkazib berilishini nazorat qilish;
Shartnoma majburiyatlari buzilganda penya va zakalat mablag‘larini undirish bo‘yicha choralar ko‘rish;
Debitorlik qarzdorligini monitoring qilish va uni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rish;
Shartnomalar reyestrini shakllantirish va yuritish;
Davlat xaridlari elektron tizimida shartnomalar ijrosiga oid hujjatlarni rasmiylashtirish va mas’ul bo‘linmalarga taqdim etish;
Bank rahbariyati va vakolatli tashkilotlar uchun hisobotlarni tayyorlash.
Talablar:
Oliy iqtisodiy ma’lumot;
Bank-moliya sohasida kamida 2 yillik ish tajribasi;
Shartnomalar bilan ishlash, bank operatsiyalari va xarid jarayonlari bo‘yicha bilimlar;
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va Bankning ichki me’yoriy hujjatlarini bilish;
Tahliliy fikrlash, mas’uliyatlilik va hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmalari.
Rezyumelarni hr@sqb.uz elektron manziliga yuborishingiz mumkin.
Ish joyi: Toshkent viloyati. Asosiy vazifalar: Bank operatsiyalarining ...
Biznes yo‘nalishlarini samarali boshqarish, mijozlar bilan ishlash va bank xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha tajribag ...
Hamkorlik tarmog‘ini rivojlantirish, yangi mijozlar va hamkorlarni jalb qilish, bank mahsulotlari savdosini oshirish ham ...

