Asosiy vazifalar:
• Mikro va kichik biznes subyektlari orasidan yangi mijozlarni jalb qilish, mavjud mijozlar bazasini kengaytirish.
• Kichik biznes uchun bank mahsulotlari va xizmatlarini sotish hamda targ‘ib qilish.
• Mavjud va potensial mijozlar bilan muzokaralar olib borish, ehtiyojlarini aniqlash va bank mahsulotlari bo‘yicha maslahat berish.
• Belgilangan savdo rejalari va KPI ko‘rsatkichlarini bajarish.
• Mikro va kichik biznes subyektlariga kreditlarni rasmiylashtirishda ko‘maklashish.
• Depozitlarni jalb qilish, bank hisobvaraqlarini ochish va ularga xizmat ko‘rsatish.
• Masofaviy bank xizmatlari, korporativ kartalar, savdo terminallari va boshqa bank mahsulotlarini taklif etish.
• Mijoz hujjatlarini qabul qilish, tekshirish va rasmiylashtirish.
• Mijozlar bilan uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish va xizmat sifatini oshirish.
• Kichik biznes yo‘nalishining samaradorligi va daromadliligini oshirish.
Talablar:
• Iqtisodiy yo‘nalishda oliy ma’lumot.
• Bank sohasi, savdo yoki mijozlarga xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida tajribaga ega bo‘lish maqsadga muvofiq.
• Muzokaralar olib borish va ishbilarmonlik muloqoti ko‘nikmalari.
• Mijozlarni jalb qilish va ular bilan uzoq muddatli munosabatlar o‘rnatish qobiliyati.
• Bank mahsulotlarini taqdim etish va sotish ko‘nikmalari.
• Tashabbuskorlik, mas’uliyatlilik, intizomlilik va natijaga yo‘naltirilganlik.
• Kompyuter va ofis dasturlaridan foydalanish ko‘nikmalari.
• Tegishli sertifikatlarning mavjudligi qo‘shimcha ustunlik hisoblanadi.
Ish joyi: Andijon shahri, Bunyodkor BXM.
Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 7.11.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.
Bo‘linma: Garov markazi. Asosiy vazifalar: ...
Nomzodga qo‘yiladigan talablar: · Oliy yoki o‘rta m ...
Asosiy vazifalar: • Yangi yuridik mijozlar va YTTlarni jalb qilish, mijozlar bazasini kengaytirish. • Sov ...
