• Main
  • Press-center
  • SQB Chakana departamenti Namangan BXO mijoz menejeri lavozimiga tashqi tanlov as

SQB Chakana departamenti Namangan BXO mijoz menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif etadi.


08.07.2026 14:38

Biz mijozlar bazasini rivojlantirish, bank mahsulotlari savdosini oshirish va premium segment mijozlari bilan samarali ishlash bo‘yicha tajribaga ega bo‘lgan, natijaga yo‘naltirilgan mutaxassisni jamoamizga taklif qilamiz.

Asosiy vazifalar:
• Mijozlar bazasini kengaytirish va bank mahsulotlari bilan qamrab olish darajasini oshirish.
• Mijozlarga bank xizmatlari va mahsulotlari bo‘yicha to‘liq hamda sifatli ma’lumot berish.
• Chakana biznes yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan reja va KPI ko‘rsatkichlarini bajarish.
• Chakana biznes yo‘nalishini rivojlantirish, samaradorlik va daromadlilikni oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
• Bank mahsulotlarini sotish va tegishli bo‘linmalar bilan hamkorlikni muvofiqlashtirish.
• Premium va affluent segmentdagi mijozlar sonini oshirish.
• Yangi mijozlarni jalb qilish va mijozlar bazasini kengaytirish.
• Jismoniy shaxslarga kredit ajratish jarayonlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish.
• Bank kartalarini sotish, mobil ilovaga ulash hamda omonatlarni jalb qilish.
• Ichki me’yoriy hujjatlar va amaldagi qonunchilik talablariga rioya qilish.

Talablar:
• Oliy ma’lumot (iqtisodiyot yoki boshqa tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha).
• Bank sohasida kamida 1 yillik ish tajribasi.
• Kredit mahsulotlari bo‘yicha hujjatlarni qabul qilish, tekshirish va mijozlarning kredit layoqatliligini tahlil qilish ko‘nikmalari.
• Kredit hujjatlarini shakllantirish va rasmiylashtirish jarayonlari bo‘yicha bilim.
• Mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlarini bilish va ularga amal qilish.
• Analitik fikrlash va natijaga yo‘naltirilgan yondashuv.
• Jamoada ishlash va samarali muloqot qilish qobiliyati.
• O‘zbek va rus tillarini bilish.

Shaxsiy sifatlar:
• Stressga chidamlilik.
• Qat’iyatlilik.
• Kommunikativlik.
• Mas’uliyatlilik.
• Vaqtni samarali boshqarish ko‘nikmasi.

Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin. online



07/10/2026 11:18:37 am
SQB Xodimlar va tashkiliy rivojlantirish departamenti Ta'lim va rivojlantirish xizmati Yetakchi menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Ta'lim dasturlarini ishlab chiqish, o‘quv metodologiyasini yaratish va zamonaviy o‘quv kontentlarini tayyorlash bo‘yicha ...

07/09/2026 05:10:11 pm
SQB Bank Moliyaviy menejment markazi Moliyaviy jarayonlarni robotlashtirish va Sun’iy intellekt (AI)ni rivojlantirish xizmati Kichik menejer lavozimiga nomzodlarni tashqi tanlov asosida ishga taklif etadi.

Sun’iy intellekt (AI) loyihalarini muvofiqlashtirish, loyiha hujjatlari bilan ishlash hamda analitik va tashkiliy ko‘nik ...


Last updated date: 09.07.2026 17:42  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
close
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит