Bo'sh ish o'rinlari

SQB Chakana departamenti Namangan BXO mijoz menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif etadi.


08.07.2026 14:38

Biz mijozlar bazasini rivojlantirish, bank mahsulotlari savdosini oshirish va premium segment mijozlari bilan samarali ishlash bo‘yicha tajribaga ega bo‘lgan, natijaga yo‘naltirilgan mutaxassisni jamoamizga taklif qilamiz.

Asosiy vazifalar:
• Mijozlar bazasini kengaytirish va bank mahsulotlari bilan qamrab olish darajasini oshirish.
• Mijozlarga bank xizmatlari va mahsulotlari bo‘yicha to‘liq hamda sifatli ma’lumot berish.
• Chakana biznes yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan reja va KPI ko‘rsatkichlarini bajarish.
• Chakana biznes yo‘nalishini rivojlantirish, samaradorlik va daromadlilikni oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
• Bank mahsulotlarini sotish va tegishli bo‘linmalar bilan hamkorlikni muvofiqlashtirish.
• Premium va affluent segmentdagi mijozlar sonini oshirish.
• Yangi mijozlarni jalb qilish va mijozlar bazasini kengaytirish.
• Jismoniy shaxslarga kredit ajratish jarayonlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish.
• Bank kartalarini sotish, mobil ilovaga ulash hamda omonatlarni jalb qilish.
• Ichki me’yoriy hujjatlar va amaldagi qonunchilik talablariga rioya qilish.

Talablar:
• Oliy ma’lumot (iqtisodiyot yoki boshqa tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha).
• Bank sohasida kamida 1 yillik ish tajribasi.
• Kredit mahsulotlari bo‘yicha hujjatlarni qabul qilish, tekshirish va mijozlarning kredit layoqatliligini tahlil qilish ko‘nikmalari.
• Kredit hujjatlarini shakllantirish va rasmiylashtirish jarayonlari bo‘yicha bilim.
• Mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlarini bilish va ularga amal qilish.
• Analitik fikrlash va natijaga yo‘naltirilgan yondashuv.
• Jamoada ishlash va samarali muloqot qilish qobiliyati.
• O‘zbek va rus tillarini bilish.

Shaxsiy sifatlar:
• Stressga chidamlilik.
• Qat’iyatlilik.
• Kommunikativlik.
• Mas’uliyatlilik.
• Vaqtni samarali boshqarish ko‘nikmasi.

Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin. online



Другие новости

21.09.2026 16:19:11
SQB Samarqand BXOga kichik servis menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi

Ish joyi: Samarqand BXO Bank operatsiyalari va mijozlarga xizmat ko'rsatish sohasida o'zingizni sinab ko'rm ...

21.09.2026 16:18:39
SQB Qo'qon BXMga nazoratchi (bosh buxgalter) lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Asosiy vazifalar: • Bank operatsiyalarining buxgalteriya hisobida to‘liq, ishonchli va o‘z vaqtida aks ettirilishi ...

18.09.2026 15:00:49
SQB Xorazm bank xizmatlari ofisining yuridik mijozlar kichik menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Asosiy vazifalar: • Yangi yuridik mijozlar va YTTlarni jalb qilish, mijozlar bazasini kengaytirish. • Sovuq ...


Дата последнего обновления: 09.07.2026 17:42  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send