Qarzdorlikni undirish, muzokaralar olib borish va muammoli kreditlar bilan ishlash bo‘yicha tajribaga ega mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.
Asosiy vazifalar:
• Yuridik shaxslarning muddati o‘tgan va muammoli kredit qarzdorligini undirish choralarini ko‘rish.
• Qarzdorlikni undirishning standart va individual strategiyalarini amalga oshirishda ishtirok etish.
• Qarz oluvchilar va garov mulki egalariga kredit majburiyatlari bo‘yicha o‘z vaqtida xabar berish.
• Qarzdorlarga talabnomalar va ogohlantirish xatlarini yuborish.
• Muammoli kreditlar bo‘yicha qarzdorlar bilan muzokaralar olib borish.
• Qarzdorlik bo‘yicha ma’lumotlarni bank axborot tizimlarida yangilab borish.
• Muammoli kreditlar bo‘yicha sud, notariat, BPI, sug‘urta tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish.
• Sud, notariat va BPIga taqdim etish uchun zarur hujjatlarni tayyorlash va yig‘ish.
• Qarzdorlar va yuridik shaxslar bilan shaxsiy uchrashuvlar o‘tkazish uchun joylarga chiqish.
• Markaz vakolatiga kiruvchi murojaatlarni ko‘rib chiqish va sifatli javoblar tayyorlash.
Talablar:
• Oliy iqtisodiy yoki yuridik ma’lumot.
• Kamida 2 yillik ish tajribasi.
• Muammoli va muddati o‘tgan qarzdorlik bilan ishlash ko‘nikmasi.
• Muzokaralar olib borish va mijozlar bilan konstruktiv muloqot qilish qobiliyati.
• Kreditlash asoslari va bank mahsulotlarini bilish.
• Tahliliy fikrlash, diqqatlilik va mas’uliyatlilik.
• Stressga chidamlilik va qat’iyatlilik.
• Hujjatlar va rasmiy yozishmalar bilan ishlash ko‘nikmasi.
• Joylarga chiqib ishlashga tayyorlik.
Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 28.08.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.
Lavozim: Baholash xizmati menejeri Tashkilot: “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Garov markazi ...
Aholini qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik loyihalarini rivojlantirish va davlat dasturlari ...
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Ijroni boshqarish va rivojlantirishni tahlil qilish departamentining “Tarmoqlarda ijr ...

