SQB Qarqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot bank xizmatlari markazining qarzdorlikni undirish bo‘yicha menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.


27.08.2026 10:42

Qarzdorlikni undirish, muzokaralar olib borish va muammoli kreditlar bilan ishlash bo‘yicha tajribaga ega mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.


 Asosiy vazifalar: 

• Yuridik shaxslarning muddati o‘tgan va muammoli kredit qarzdorligini undirish choralarini ko‘rish. 

• Qarzdorlikni undirishning standart va individual strategiyalarini amalga oshirishda ishtirok etish. 

• Qarz oluvchilar va garov mulki egalariga kredit majburiyatlari bo‘yicha o‘z vaqtida xabar berish. 

• Qarzdorlarga talabnomalar va ogohlantirish xatlarini yuborish. 

• Muammoli kreditlar bo‘yicha qarzdorlar bilan muzokaralar olib borish. 

• Qarzdorlik bo‘yicha ma’lumotlarni bank axborot tizimlarida yangilab borish. 

• Muammoli kreditlar bo‘yicha sud, notariat, BPI, sug‘urta tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish. 

• Sud, notariat va BPIga taqdim etish uchun zarur hujjatlarni tayyorlash va yig‘ish. 

• Qarzdorlar va yuridik shaxslar bilan shaxsiy uchrashuvlar o‘tkazish uchun joylarga chiqish. 

• Markaz vakolatiga kiruvchi murojaatlarni ko‘rib chiqish va sifatli javoblar tayyorlash.


 Talablar: 

• Oliy iqtisodiy yoki yuridik ma’lumot. 

• Kamida 2 yillik ish tajribasi. 

• Muammoli va muddati o‘tgan qarzdorlik bilan ishlash ko‘nikmasi. 

• Muzokaralar olib borish va mijozlar bilan konstruktiv muloqot qilish qobiliyati. 

• Kreditlash asoslari va bank mahsulotlarini bilish. 

• Tahliliy fikrlash, diqqatlilik va mas’uliyatlilik. 

• Stressga chidamlilik va qat’iyatlilik. 

• Hujjatlar va rasmiy yozishmalar bilan ishlash ko‘nikmasi. 

• Joylarga chiqib ishlashga tayyorlik.


 Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 28.08.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.





Boshqa yangiliklar

09/15/2026 06:07:22 pm
SQB Axborot texnologiyalari departamenti Mikroservis arxitekturasi xizmati 3-mahsulot jamoasi guruhi kichik dasturchi lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Dasturlash, ma’lumotlar bilan ishlash, mikroservis arxitekturasi va zamonaviy bank axborot tizimlarini rivojlantirishga ...

09/15/2026 12:33:34 pm
QARZDORLIKNI UNDIRISH BO‘YICHA MENEJER

O‘zsanoatqurilishbank (SQB) o‘z jamoasiga Qarzdorlikni undirish bo‘yicha menejer lavozimiga xodimn ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 28.08.2026 10:43  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит