Bo‘linma: Garov markazi, Hududlarda garov bilan ishlash xizmati.
Ish joyi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi.
Asosiy vazifalar:
Maxsus elektron tizimlar orqali kelib tushgan buyurtmanomalar asosida kredit ta’minoti sifatida taqdim etilayotgan mol-mulkni joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirish.
Garovga taqdim etilayotgan mol-mulk va unga tegishli hujjatlarni qonunchilik hamda Bankning ichki me’yoriy hujjatlari talablariga muvofiqligini o‘rganish.
Garovga taqdim etilayotgan mol-mulk bo‘yicha chek-listlarni to‘ldirish.
Garov shartnomalari va ular bilan bog‘liq hujjatlar loyihalarini tayyorlash, ularni rasmiylashtirishda ishtirok etish hamda Bank vakili sifatida garov shartnomalarini imzolash.
Garovga olingan mol-mulk, Bank balansidagi mol-mulk hamda bo‘lib to‘lash sharti asosida sotilgan Bank mol-mulkini joyiga chiqqan holda monitoring qilish.
Kredit shartlari qayta ko‘rib chiqilganda, garov ta’minoti almashtirilganda, mol-mulk garovdan qisman yoki to‘liq ozod etilganda, qo‘shimcha garov taqdim etilganda, shuningdek, garovdagi mol-mulkda qurilish va rekonstruksiya ishlari amalga oshirilganda garov ta’minotini o‘rganish.
Garov mol-mulklarini qayta baholashda ishtirok etish.
Amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha davriy hisobotlarni tayyorlash.
Talablar:
Oliy iqtisodiy, yuridik yoki boshqa oliy ma’lumot.
Bank tizimida kamida 2 yillik ish tajribasi.
Garov munosabatlari va baholash faoliyatiga oid O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini bilish.
Kreditlar bo‘yicha garov ta’minotini rasmiylashtirish tartibini bilish.
Ko‘char va ko‘chmas mol-mulkka bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hamda boshqa tegishli hujjatlarni tahlil qilish ko‘nikmalari.
Garov mol-mulkini ko‘zdan kechirish va monitoring qilish ko‘nikmalari.
MS Office dasturlaridan foydalanish hamda elektron hujjat aylanishi tizimlarida ishlash ko‘nikmalari.
Tahliliy fikrlash, detallarga e’tiborlilik, mas’uliyatlilik va ijro intizomi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida xizmat vazifalari doirasida joylarga chiqishga tayyorlik.
Hujjatlarni topshirish: Rezyumelarni hr@sqb.uz elektron manziliga yuborishingiz mumkin. Xat mavzusida vakansiya nomini ko‘rsatish so‘raladi.
Hamkorlik tarmog‘ini rivojlantirish, yangi mijozlar va hamkorlarni jalb qilish, bank mahsulotlari savdosini oshirish ham ...
Jismoniy shaxslarga bank mahsulotlari bo‘yicha professional xizmat ko‘rsatish, kredit mahsulotlarini targ‘ib qilish va m ...
Kassa amaliyotlari va mijozlarga xizmat ko’rsatish sohasida o’zingizni sinab ko’rmoqchimisiz? Unda sizni jamoamizda kuta ...
