SQB Samarqand bank xizmatlari ofisi Mijoz menejerlari guruhidagi vakant Mijoz menejeri lavozimiga taşqi tanlov e’lon qiladi
09.11.2026 09:12
Mijozlarga sifatli bank xizmatlarini körsatiş, ularning ehtiyojlarini aniqlaş hamda bank mahsulot va xizmatlarini ilgari surişga qiziqadigan nomzodlarni jamoamizga taklif qilamiz.
Asosiy vazifalar:
- Mijozlarga bank xizmatlari va mahsulotlari böyiça sifatli xizmat körsatiş;
- Mijozlarning ehtiyojlarini aniqlaş hamda ularga mos bank mahsulot va xizmatlarini taklif qiliş;
- Bank mahsulotlarini sotiş va kross-sotuvlarni amalga oşiriş;
- Mijozlarning murojaatlari, savollari va talablarini körib çiqiş hamda ularni öz vaqtida hal etiş;
- Bank hisobvaraqlarini oçiş va bank mahsulotlariga ulaş uçun zarur hujjatlarni şakllantiriş hamda tekşiriş;
- Mijozlar ma’lumotlarini tegişli tizimlarda töğri va öz vaqtida yuritiş;
- KYC, AML/CFT, komplayens talablari hamda Bankning içki tartib-qoidalariga rioya qiliş;
- Mijozlar bilan uzoq muddatli va samarali hamkorlik aloqalarini yölga qöyiş;
- Xizmat körsatiş sifati va mijozlar qoniqişini oşiriş böyiça takliflar işlab çiqiş;
- Faoliyat natijalari va belgilangan körsatkiçlar böyiça hisobotlarni tayyorlaş.
Nomzodga qöyiladigan talablar:
- Oliy professional ma’lumot;
- Mijozlarga xizmat körsatiş va bank mahsulotlari bilan işlaş könikmalariga ega böliş;
- Muloqot qiliş, muzokaralar olib boriş va mijozlarning ehtiyojlarini aniqlay oliş;
- Mas’uliyatlilik, taşabbuskorlik va natijaga yönaltirilganlik;
- CRM tizimlari va MS Office dasturlarida işlaş könikmasi;
- Katta hajmdagi ma’lumotlar bilan samarali işlay oliş.
Rezyumeni quyidagi elektron poçta manziliga yuborişingiz mumkin:
hr@sqb.uz

64
Other news