• Main
  • Press-center
  • SQB Shahriston BXMga kichik servis menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomz

SQB Shahriston BXMga kichik servis menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.


23.11.2026 17:53

Bank operatsiyalari va mijozlarga xizmat ko'rsatish sohasida o'zingizni sinab ko'rmoqchimisiz? Unda sizni jamoamizda kutamiz.

Asosiy vazifalar:
• Jismoniy va yuridik shaxslarga hisobvaraqlar ochish, yopish va operatsiyalarni amalga oshirish
• Milliy va xorijiy valyutada hisobvaraqlar ochish, SWIFT o'tkazmalarini iABS dasturiga kiritish
• Depozitlar bo'yicha operatsiyalar hisobini yuritish va buxgalteriya o'tkazmalarini amalga oshirish
• Mijozlarni identifikatsiya qilish va hujjatlarni dastlabki nazoratdan o'tkazish
• Xalqaro pul o'tkazmalari tizimlarida operatsiyalarni rasmiylashtirish
• Eksport-import shartnomalari bo'yicha operatsiyalarni amalga oshirish va TSOYaEAT tizimiga kiritish
• Bank kartalari, savdo terminallari va masofaviy xizmatlar bo'yicha arizalarni rasmiylashtirish
• Ish haqi loyihasi bo'yicha to'lov reestrlarini qabul qilish va karta hisobvaraqlariga o'tkazish
• Konversiya amaliyotlari va akkreditivlar bo'yicha operatsiyalarni o'tkazish
• AML/CFT va komplayens nazorat talablariga rioya qilish

Talablar:
• Oliy yoki o'rta maxsus ma'lumot
• Ish tajribasi talab etilmaydi
• Stressga chidamlilik, qat'iyatlilik, kommunikativlik
• O'zbek, rus va ingliz tillarini bilish

Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.



Other news

11/23/2026 05:52:08 pm
SQB Toshkent shahar bank xizmatlari ofisi sotuv menejeri lavozimiga nomzodlarni taklif qiladi.

Asosiy vazifalar: • Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni jalb qilish, yangi mijozlarni izlash ...

11/20/2026 05:28:01 pm
SQB Xorazm bank xizmatlari ofisining Biznes menejerlar guruhi katta biznes menejeri lavozimiga nomzodlarni taklif qiladi.

Asosiy vazifalar: • Yangi mijozlarni jalb qiliş, mavjud mijozlar bazasini kengaytiriş va qayta faollaştiriş; ...


Last updated date: 23.11.2026 17:53  
up