• Main
  • Press-center
  • SQB Toshkent viloyatida garov bilan ishlash bo‘yicha menejer lavozimiga nomzodla

SQB Toshkent viloyatida garov bilan ishlash bo‘yicha menejer lavozimiga nomzodlarni taklif etadi


17.10.2026 12:16

Bo‘linma: Garov markazi, Hududlarda garov bilan ishlash xizmati

Ish joyi: Toshkent viloyati

Asosiy vazifalar:

  • Kredit ta’minoti sifatida taqdim etilayotgan mol-mulkni joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirish;

  • Garovga taqdim etilayotgan mol-mulk va unga tegishli hujjatlarni qonunchilik hamda Bankning ichki hujjatlari talablariga muvofiqligini o‘rganish;

  • Garovga taqdim etilayotgan mol-mulk bo‘yicha chek-listlarni to‘ldirish;

  • Kredit hisobiga sotib olingan ko‘char va ko‘chmas mol-mulkni garovga olishda garov shartnomasi va tegishli hujjatlar loyihalarini tayyorlash, rasmiylashtirishda Bank vakili sifatida ishtirok etish va garov shartnomasini imzolash;

  • Garovga olingan mol-mulk, Bank balansidagi hamda bo‘lib to‘lash asosida sotilgan Bank mulklarini joyiga chiqqan holda monitoring qilish;

  • Kredit shartlari qayta ko‘rib chiqilganda, garov almashtirilganda, qisman yoki to‘liq ozod qilinganda, qo‘shimcha mol-mulk garovga kiritilganda, garovdagi mol-mulkda qurilish yoki rekonstruksiya ishlari amalga oshirilganda garov ta’minotini joyiga chiqib o‘rganish;

  • Garov mulklarini qayta baholashda ishtirok etish;

  • Amalga oshirilgan baholash ishlari yuzasidan davriy hisobotlar tayyorlanishini ta’minlash.

Talablar:

  • Oliy iqtisodiy, yuridik yoki boshqa oliy ma’lumot;

  • Bank tizimida kamida 2 yillik ish tajribasi;

  • Garov ta’minoti va baholash faoliyatiga oid O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini bilish;

  • Mol-mulkni garovga olish, rasmiylashtirish va monitoring qilish tartiblarini bilish;

  • Ko‘char va ko‘chmas mol-mulkka oid huquqni belgilovchi hamda boshqa hujjatlarni tahlil qilish ko‘nikmalari;

  • Hisobotlarni tayyorlash va elektron hujjat aylanishi tizimlarida ishlash ko‘nikmalari;

  • Mas’uliyatlilik, tahliliy fikrlash, detallarga e’tiborlilik va tashkilotchilik qobiliyati.

Hujjatlarni topshirish:

Rezyumelarni hr@sqb.uz elektron manziliga yuborishingiz mumkin. Xat mavzusida vakansiya nomini ko‘rsatish so‘raladi.





Other news

11/24/2026 12:19:47 pm
SQB Soft Collection guruhi yetakchi operatori lavozimiga nomzodlarni taklif etadi

Bo‘linma: Undiruv markazi, Qarzdorliklarni dastlabki bosqichda undirish xizmati. ...

11/24/2026 12:14:02 pm
SQB Andijon viloyatida garov bilan ishlash bo‘yicha yetakchi menejer lavozimiga nomzodlarni taklif etadi

Bo‘linma: Garov markazi, Hududlarda garov bilan ishlash xizmati Ish joyi: ...

11/24/2026 10:44:35 am
SQB Axborotlarni muhofaza qilish markazining Axborotlarni texnik himoya qilish xizmati Xavfsiz dasturlash guruhi bosh menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Dasturiy ta’minot xavfsizligi, DevSecOps amaliyotlari va zamonaviy IT infratuzilmalarni himoyalash sohasida chuqu ...


Last updated date: 24.11.2026 17:55  
up