SQB Xorazm bank xizmatlari ofisi boshqaruvchisi lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.
21.10.2026 06:39
Xorazm Bank xizmatlari ofisi faoliyatini samarali boshqarish, biznes natijalarini oshirish, mijozlarga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish va jamoani natijaga yo‘naltirish bo‘yicha tajribaga ega mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.
Asosiy vazifalar:
• BXO faoliyatini boshqarish, Bank strategiyasi va belgilangan biznes-reja ko‘rsatkichlari bajarilishini ta’minlash.
• BXOning moliyaviy natijalari, daromadliligi, samaradorligi va asosiy biznes ko‘rsatkichlari uchun mas’ul bo‘lish.
• Mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati, xizmat standartlari va biznes jarayonlariga rioya etilishini ta’minlash va nazorat qilish.
• Xodimlar faoliyatini boshqarish, KPI va individual reja ko‘rsatkichlari ijrosini nazorat qilish hamda natijadorlikni oshirish.
• BXO xodimlariga biznes-reja va KPI ko‘rsatkichlarini bajarish bo‘yicha topshiriqlar berish, amaliy yordam ko‘rsatish va rivojlantirish.
• BXO faoliyatidagi muammo va kamchiliklarni aniqlash, ularni tezkor bartaraf etish hamda tegishli taklif va hisobotlarni taqdim etish.
• Mijozlarning murojaatlari, e’tiroz va takliflarini o‘rganish, ularning ehtiyojlarini qondirish va xizmat sifatini yaxshilash choralarini ko‘rish.
• BXOning kassa faoliyati va naqd pul muomalasini nazorat qilish, mijozlarning naqd pulga bo‘lgan talabini o‘z vaqtida ta’minlash.
• Bank xizmatlari ofisi, ichki hujjatlar, mehnat va boshqa normativ-huquqiy talablar hamda ijro intizomiga rioya etilishini ta’minlash.
• AML/CFT va ichki nazorat talablariga rioya etilishini nazorat qilish.
• Davlat organlari, tashkilotlar, mijozlar va Bankning tegishli tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda BXOning uzluksiz faoliyatini ta’minlash.
Talablar:
• Oliy ma’lumot (iqtisodiy yoki boshqa yo‘nalishda).
• Bank tizimida kamida 5 yillik ish tajribasi.
Ish joyi: Xorazm BXO.
Rezyumelarni
hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.

87
Other news