“O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida yangi tayinlov


08.06.2026 19:30

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida yangi tayinlov

Sadirov Durbek Meylijonovich “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Global bozorlar va moliyalashtirish bo‘yicha bosh direktori lavozimiga tayinlandi.

Durbek Meylijonovich Toshkent Moliya institutini “Bank ishi” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Bank sohasida ko‘p yillik ish tajribasiga ega. NBU hamda “Asia Alliance Bank” ATBda g‘aznachilik, strategik rivojlanish va aktivlar hamda passivlarni boshqarish yo‘nalishlarida faoliyat yuritgan.

2022-yildan buyon “O‘zsanoatqurilishbank” ATBda ishlab, G‘aznachilik departamenti hamda G‘aznachilik va treyding departamentida rahbarlik lavozimlarini egallagan.





Other news


Last updated date: 14.08.2026 09:58  
up