Diqqat, firibgarlardan ogoh bo‘ling!


27.03.2024 14:40

Firibgarlar ijtimoiy tarmoqlarda O‘zsanoatqurilishbank nomidan fuqarolarga uzpromsrtoybanksqb@gmail.com, sqb.bank@gmail.com kabi soxta elektron pochta manzillari orqali yolg‘on ma’lumotlar yuborib, ular ishonchiga kirishga urinayotgan holatlar aniqlandi.

          Bunda ular aldov yo‘li bilan odamlarning shaxsiy ma’lumotlarini olib, bank kartalari va boshqa hisobraqamlaridan pul mablag‘larini o‘zlashtirishni maqsad qilgan.

          Shuningdek, bankga mijozlardan kelib tushayotgan murojaatlarda firibgarlarning noma’lum telefon raqamlardan qo‘ng‘iroq qilib o‘zini Markaziy bank xodimi sifatida tanishtirgan holda, kreditlar taklif etayotgani keltirilmoqda.

          Hatto bir nechta mijozlar bunday firibgarlik tuzog‘iga tushib, notanish shaxslarga bank kartalariga oid ma’lumotlarini ochiqlagani uchun pul mablag‘laridan mosuvo bo‘lgan.

 

          Hurmatli hamyurtlar, qadrli mijozlar!

          So‘nggi paytlarda firibgarlik holatlari tobora avj olmoqda. Shu bois sizlardan ziyraklikni yo‘qotmay, quyidagi qoidalarga amal qilishlik talab etiladi:

          – Bank nomidan chiqqan har qanday axborot almashish kanallari (elektron pochta manzili, telefon raqami, telegram bot va boshqalar)ni qat’iy tekshiring. Ularni bank rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlarida keltirilgan ma’lumotlar bilan solishtiring.

          – O‘zini bank xodimi deb tanishtirayotgan notanish insonlarga zinhor shaxsiy va kartangizga oid ma’lumotlarni ochiqlamang!

          – Telefon raqamingizga SMS xabar orqali kelib tushgan tasdiqlash kodini hech kimga ayta ko‘rmang! Kodni qo‘lga kiritgan firibgarlar bir necha daqiqada kartangizdagi pullarni yechib olish imkoniga ega bo‘ladi.

          – O‘zgalarga kartangiz rasmini jo‘natmang! Oldi-sotdi yoki pul o‘tkazmalari amaliyotlarida kartangizdagi 16 raqamli sonni taqdim etish kifoya. Kartangizdagi amal qilish muddati esa, doim sir saqlanishi zarurdir.

 

          Bank rasmiy sayti va aloqa kanallari:

          Bank rasmiy sayti: sqb.uz

          Elektron pochta manzili: info@sqb.uz

          Aloqa markazi: 1180; +998 71 2004343

          Telegram boti: sqbchat_bot





12/19/2025 04:49:59 pm
Har juma – milliy liboslar kuni!

O‘zsanoatqurilishbankda har juma milliy qadriyatlarimizga hurmat ramzi sifatida milliy liboslar kuni nishonlanadi ...

12/18/2025 02:42:23 pm
Korrupsiya holatiga duch keldingizmi? Xabar bering — adolatni tanlang!

Korrupsiya haqida xabar berish — xavf emas, masʼuliyat.  Sen boshla – sening ortingdan boshqal ...

12/17/2025 04:13:02 pm
SQB KICHIK BIZNES UCHUN RAQAMLI BANK YARATMOQDA

Mamlakatimiz bank sektorida raqamli o‘zgarishlar izchil davom etmoqda. Prezidentimiz tomonidan tasdiqlangan “2020 ...


Last updated date: 28.10.2025 17:54  
up
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
close
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo