• Main
  • Press-center
  • Energiya tejamkor yeçimlar uçun davlat kömagi: subsidiya va kredit foizlari kom

Energiya tejamkor yeçimlar uçun davlat kömagi: subsidiya va kredit foizlari kompensatsiyasi


17.11.2026 09:56

Özbekistonda aholi va tadbirkorlarni energiya tejamkor texnologiyalardan foydalanişga rağbatlantiriş maqsadida subsidiya va kredit foizlarini kompensatsiya qiliş mexanizmlari amal qilmoqda.

Uşbu imkoniyatlar quyoş panellari, geliokollektorlar, issiqlik nasoslari va boşqa energiya tejamkor uskunalarni xarid qiliş hamda örnatiş bilan boğliq xarajatlarni kamaytirişga xizmat qiladi. Subsidiya orqali uskuna xaridi va örnatiş xarajatlarining bir qismi, kompensatsiya orqali esa tegişli kredit böyiça foiz tölovlarining bir qismi davlat tomonidan qoplanadi.

Aholi uçun qanday imtiyozlar mavjud?

Jismoniy şaxslar quyidagi energiya tejamkor yeçimlar böyiça subsidiya oliş imkoniyatiga ega:

– quyoş panellarini xarid qiliş va örnatiş xarajatlarining 20 foizi;
– geliokollektorlar uçun 20 foiz;
– issiqlik nasoslari uçun 40 foiz, belgilangan me’yor doirasida;
– energiya tejamkor maişiy isitiş qozonlari uçun 20 foiz. esma.pdf

Şuningdek, «Yaşil ta’mir» va «Yaşil iste’mol» yönalişlaridagi kreditlar böyiça foiz stavkasining 19 foizdan yuqori qismi, biroq 4 foiz punktdan oşmagan miqdorda kompensatsiya qilinişi nazarda tutilgan.

Tadbirkorlar uçun ham imkoniyatlar bor

Sanoat korxonalari energiya auditi xarajatlarining 50 foizini, biroq 100 mln sömdan oşmagan miqdorda subsidiya asosida qoplaş imkoniyatiga ega.

Şuningdek, sanoat va töqimaçilik korxonalari energiya samaradorligini oşiriş yoki öz ehtiyoji uçun quyoş panellarini xarid qiliş maqsadida olingan kreditlar böyiça foiz kompensatsiyasidan foydalanişi mumkin. Dasturda 2 mlrd sömgaça bölgan kreditlar uçun kompensatsiya mexanizmi belgilangan.

Issiqxona xöjaliklari uçun esa issiqlik nasoslari va kaloriferlarni xarid qiliş va örnatişda şartnoma qiymatining 20 foizi miqdorida subsidiya oliş imkoniyati nazarda tutilgan.

Kompensatsiya qanday olinadi?

«Yaşil» kredit böyiça kredit tasdiqlangaç, kompensatsiya oliş uçun fuqaroning alohida murojaat qilişi talab etilmaydi. Tegişli hujjatlar bank tomonidan Energiya samaradorligi milliy agentligiga taqdim etiladi. Kompensatsiya tasdiqlangan taqdirda, qarz oluvçining kredit böyiça foiz xarajatlari kamayadi.

Subsidiya va kompensatsiyalardan foydalaniş jarayonlari Energiya samaradorligi milliy agentligining raqamli platformasi veb-sayti yoki mobil ilovasi orqali amalga oşiriladi.

Energiya tejamkor texnologiyalarga investitsiya – energiya sarfini va xarajatlarni kamaytiriş, şu bilan birga atrof-muhitga ta’sirni pasaytiriş imkoniyatidir.

SQB energiya samaradorligiga qaratilgan loyihalarni moliyalaştiriş va “yaşil” moliyaviy yeçimlar böyiça mijozlarga zarur maslahatlarni taqdim etişga tayyor.

Imtiyozlardan foydalaniş imkoniyati, ularning miqdori va şartlari amaldagi normativ hujjatlar hamda belgilangan mezonlar asosida aniqlanadi.





Other news

11/09/2026 04:48:17 pm
Tadbirkor ayollarni qöllab-quvvatlaş böyiça hududiy trenerlar salohiyati oşirilmoqda

HAMROH – xotin-qizlar tadbirkorligini qöllab-quvvatlaş kompaniyasi taşabbusi bilan yölga qöyilgan, Birlaşgan Mill ...

11/09/2026 03:02:21 pm
Körinmas xavfga befarq bölmang!

Uyimizdagi xotirjamlik köpinça oddiy ehtiyot çoralariga boğliq. Is gazining hidi ham, rangi ham yöq. Undan ...


Last updated date: 17.11.2026 11:14  
up