Garov reyestri: qulayligingiz uchun yangilanishlar
20.11.2024 18:15
Hurmatli mijozlar!
Garov reyestri tizimini takomillashtirish doirasida barcha operatsiyalarni qulay va shaffof qilishga qaratilgan yangi yechimlar joriy etilganini ma’lum qilamiz.
Garov reyestri nima?
Garov reyestri — bu garovga qo‘yilgan mol-mulkka nisbatan kreditorlarning huquqlari, qarz oluvchilarning mulkdan foydalanish hamda uni tasarruf etish bo‘yicha cheklovlar va majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi ma’lumotlar bazasi.
Nimalar o‘zgardi?
- Garovga qo‘yilgan mol-mulk faqat mijozning roziligi bilan reyestrga kiritiladi hamda bu haqda mijozga SMS-xabar yuboriladi;
- Kredit majburiyatlari to‘liq to‘langandan so‘ng, garov haqidagi ma’lumot avtomatik ravishda reyestrdan chiqariladi va mijozga bu haqda SMS-xabar yuboriladi.
Agar savollaringiz bo‘lsa, eng yaqin bank filialiga murojaat qilishingiz yoki +99871 200 43 43 va 1180 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin sqb.uz.