"Milliy liboslar kuni” – milliy qadriyatlarga ehtirom!


05.09.2025 17:06

"Milliy liboslar kuni” – milliy qadriyatlarga ehtirom!

O‘zsanoatqurilishbankda milliy qadriyatlarni ardoqlash, an’analarimizni keng targ‘ib etish maqsadida an’anaviy tarzda “Milliy liboslar kuni” o‘tkazilib kelmoqda.

Navbatdagi tadbir Rakat bank xizmatlari markazida tashkil etildi. Tadbir doirasida markaz xodimlari o‘zbek xalqining ma’naviy merosi – milliy matolardan tayyorlangan liboslarda mehmonlarni va mijozlarni tabassum bilan kutib oldi.

Milliy libos – bu nafaqat kiyim, balki bir xalqning ruhi, tarixi va madaniyatini ifodalovchi timsoldir. Bank xodimlarining ushbu liboslardagi ko‘rinishi mijozlarda katta qiziqish va ijobiy kayfiyat uyg‘otdi.

Ta’kidlash lozimki, bu kabi tadbirlar jamoada milliy o‘zlikni anglash, faxr tuyg‘usini kuchaytirish va aholi o‘rtasida milliy qadriyatlarga bo‘lgan munosabatni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

#SQBdaMilliyLiboslarKuni
#MilliyLibosMillatQiyofasi
#BankYoshlariMilliylikniSevadi
#YangiRuhiyat
#IjtimoiyFaol



Other news

10/23/2026 06:00:48 pm
SQB o‘zbek tili uchun yirik ochiq matnlar bazasi — UzLPCloyihasini taqdim etdi

Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar hayotimizga jadalkirib kelayotgan davrda, aqlli dasturlarning o‘zbek t ...

10/22/2026 10:44:22 am
Serjiu Choklya “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kuzatuv kengashi raisi etib saylandi

2026-yil 5-oktyabrda “O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) aksiyadorlari tomonidan Kuzatuv kengashining mus ...


Last updated date: 15.09.2025 11:49  
up