
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan hamkorlikda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Uchrashuvda tadbirkorlikni tashkil etish va rivojlantirishga qaratilgan keng miqyosli islohotlar, sohani har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, eksport salohiyatini oshirish uchun moliyaviy mexanizmlar, imtiyoz va preferensiyalar haqida ma’lumotlar taqdim etildi.
Shuningdek, “Mahalla bankiri” tizimidagi amaliy ishlar, “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” dasturi doirasida ajratilayotgan soddalashtirilgan kreditlar, maqsadli moliyalashtirish yo‘nalishlari va zamonaviy onlayn xizmatlar xususida ham batafsil tushuntirishlar berildi.
Ta’kidlanganidek, joriy yilda mahalla bankirlari “xonadonbay” ish uslubini joriy etgan holda, har bir oilaga shaxsiy yondashuv asosida tayyor biznes rejalar taklif etib, ularning loyihalariga barcha bosqichlarda amaliy ko‘mak ko‘rsatib kelmoqda.
Muloqot davomida tadbirkorlar murojaatiga ko‘ra qator masalalar joyida hal etildi, o‘rganishni talab etuvchi muammolar esa O‘zsanoatqurilishbank rahbariyati nazoratiga olindi.
Bank axborot xizmati
O‘zsanoatqurilishbankda har juma milliy qadriyatlarimizga hurmat ramzi sifatida milliy liboslar kuni nishonlanadi ...
Korrupsiya haqida xabar berish — xavf emas, masʼuliyat. Sen boshla – sening ortingdan boshqal ...
Mamlakatimiz bank sektorida raqamli o‘zgarishlar izchil davom etmoqda. Prezidentimiz tomonidan tasdiqlangan “2020 ...

