• Main
  • Press-center
  • Oʻzsanoatqurilishbank taʼlim va tajriba almashish sohasida noanʼanaviy loyihaga

Oʻzsanoatqurilishbank taʼlim va tajriba almashish sohasida noanʼanaviy loyihaga qoʻl urdi


12.01.2024 13:21

Oʻzsanoatqurilishbank taʼlim va tajriba almashish sohasida noanʼanaviy loyihaga qoʻl urdi


Joriy yilning 12-yanvar kuni Oʻzsanoatqurilishbank hamda Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti oʻrtasida taʼlim va tajriba almashish sohasidagi hamkorlikka qaratilgan memorandum imzolandi. Hujjat bilan Oʻzsanoatqurilishbank xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda xorijiy davlatlarda amaliyot oʻtashini tashkil etishga kelishildi.

Prezidentimiz tomonidan tasdiqlangan 2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi hamda 2020-2025-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasida kadrlarni tanlash, ular malakasini uzluksiz oshirish hamda talab yuqori boʻlgan yoʻnalishlarda mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashga qaratilgan vazifalar belgilangan.

Shuningdek, davlatimiz rahbari boshchiligida taʼlimga oid olib borilayotgan islohotlarda, ayniqsa, ilgʻor xorijiy tajribalarni joriy qilgan holda zamonaviy taʼlim dasturlarini ishlab chiqish va yuqori malakali professional kadrlar tayyorlashni yangi bosqichga koʻtarishga katta eʼtibor qaratilmoqda.

Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan ushbu vazifalar ijrosi doirasida Xalqaro moliya korporatsiyasi, Osiyo taraqqiyot banki hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki koʻmagida qator ishlar amalga oshirildi. Mijozlarga xizmat koʻrsatuvchi xodimlar uchun xalqaro standartlar ishlab chiqildi, xalqaro taʼlim dasturlari doirasida oʻquv kurslari tashkil etildi, kadrlarni ragʻbatlantirishning KPI tizimi yoʻlga qoʻyildi, Skolkovo Moskva boshqaruv maktabi bilan hamkorlikda oʻqitish ishlari olib borildi.

– Transformatsiya – bu yangi ish muhiti, yangicha ishlash uslubidir, – deydi “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruv raisi Aziz Akbarjonov. – Bugungi kungacha biz kadrlar siyosatini tizimdagi transformatsiyaga mos ravishda takomillashtirib, mana shunday ishlash prinsipiga zamin yaratdik. Endilikdagi saʼy-harakatlarimizda esa, xorijiy yetakchi banklar faoliyatiga nisbatan raqobatbardosh boʻlish maqsadi koʻzlangan.

Bankning taʼlim va tajriba almashish sohasida oliy taʼlim muassasasini jalb qilishi Oʻzbekiston bank tizimida birinchi marta qoʻllanilayotgani bilan ahamiyatlidir. 

– Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutini tanlov qilganimiz bejiz emas, – deydi “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Xodimlar va tashkiliy rivojlantirish departamenti direktori v.v.b Abdulaziz Orifjonov. – Oliygoh tashkil etilganidan buyon bank-moliya va boshqaruv yoʻnalishlarida dunyoning nufuzli oliy oʻquv yurtlari bilan hamkorlikda turli taʼlim dasturlarini ilgari surib kelmoqda. Bundan tashqari, institutda bank va biznes boshqaruviga oid chuqur tadqiqotlar oʻtkazilmoqda, yuzlab yoshlar yetakchi davlatlarda amaliyot oʻtab, zamonaviy bilim va koʻnikmalar orttirmoqda. Bu borada institut toʻplagan tajriba biz bilan hamkorlikda ham yuqori natija berishiga umid qilayapmiz.

Mazkur qoʻshma taʼlim dasturiga koʻra, Oʻzsanoatqurilishbank xodimlari risk-menejment, komplayens-nazorati, audit, biznes tahlil, loyihalarni boshqarish kabi sohaning muhim yoʻnalishlari boʻyicha qayta tayyorlanib, malakasi oshiriladi. Angliya, Germaniya, Singapur, Koreya va Shveysariyadagi yetakchi oʻquv markazlarida amaliyot oʻtash imkoniyatiga ega boʻladi.

Joriy yil davomida dastur doirasida Bosh bank, front va bek-ofis xodimlari hamda top-menejerlardan iborat 3,5 mingdan ziyod kadrlar oʻqitilib, ularning FRM, CHFA, ACHChA, PMI kabi xalqaro sertifikatlarni olishiga koʻmaklashish rejalashtirilgan.




Bank Axborot xizmati 






12/19/2025 04:49:59 pm
Har juma – milliy liboslar kuni!

O‘zsanoatqurilishbankda har juma milliy qadriyatlarimizga hurmat ramzi sifatida milliy liboslar kuni nishonlanadi ...

12/18/2025 02:42:23 pm
Korrupsiya holatiga duch keldingizmi? Xabar bering — adolatni tanlang!

Korrupsiya haqida xabar berish — xavf emas, masʼuliyat.  Sen boshla – sening ortingdan boshqal ...

12/17/2025 04:13:02 pm
SQB KICHIK BIZNES UCHUN RAQAMLI BANK YARATMOQDA

Mamlakatimiz bank sektorida raqamli o‘zgarishlar izchil davom etmoqda. Prezidentimiz tomonidan tasdiqlangan “2020 ...


Last updated date: 28.10.2025 17:54  
up
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
close
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo